Apple iPhone 7 qanday bo`lishi mumkin?

Apple iPhone 7 qanday bo`lishi mumkin?

Yangi Apple iPhone 7 ning qanday bo`lishi hozircha noaniq. Shu yilning kuzida yangi Apple iPhone moslamasi taqdim etilishi kutilmoqda. Mutaxasislar yangi smartfon haqida har xil manbalardan ma`lumotlarni yig`ishni boshlashdi.

iPhone-Tricks loyiha qatnashuvchilari olmali yangilikning ko`rinishni tasvirlab berishdi. Ularning fikrlari bo`yicha, iPhone 7 yangi dizaynga ega bo`ladi, OLED-displey 2K ruhsati bilan  butun oldi ekranni egalab turadi, hamda Home tugmasi bo`lmaydi, uning o`rniga ko`shimcha xizmatlari bilan sensor tugmasi bo`ladi.

Sensorli ID datchik displeyning bir qismi bo`ladi. Moslamaning “uyqu” holatidan ekran ustida ikki marotaba teginish orqali olib chiqiladi. Yangi iOS 10  foydalanuvchi oldida yangi imkoniyatlarni ochib berishi mumkin. Masalan, ilovalarning oynachalari bosilganda vidjetlarga aylanadi, shu bilan ilovalarni butun ekranga ochmaslikga imkoniyat yaratadi.

Kontseptual iPhone 7 smartfoni 3 GB operativ xotiraga ega bo`ladi, akkumulyator 3000 mAch gaplashish holatda 32 soatgacha ishlab beradi, 20 soat internetda ishlash, 100 soat musika eshitish yoki kutish holatda ishlash 26 kundan iborat bo`ladi. Naushnik o`rniga Simsiz EarPods bo`lishi mumkin ekan.

Bularning barchasi tahminlar, albatta. Shu yilning kuzida yangi moslamaning qanday bo`lishini bilib olishimiz mumkin.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social