Apple iPhone nomi o`zgaradigan bo`ldi

Endilikda Apple kompaniyasi ishlab chiqarayotgan iPhone smartfonlariga S qo`shimchasini qo`ymasdan chiqaradigan bo`ldi (yoki qo`ymaydigan bo`ldi). Aniqroq qilib aytadigan bo`lsak iPhone 3G – modelidan keyin chiqqan smartfonga S qo`shimchasi qo`shilib iPhone 3GS deya nomlandi. iPhone 4 ning izdoshi esa iPhone 4S deya nom oldi. Bu yili Apple kompaniyasining iPhone 5S smartfon taqdimoti bo`lishi kerak edi. Ammo bu taqdimot bo`lmasligi ham mumkin.

Britaniyalik stuff.tv manbasining xabar berishicha, Apple ning keyingi ishlab chiqaradigan yangi modeli iPhone 6 nomi bilan chiqadi. Bu bilan yangi model nafaqat oldingi gadjetning yangilanishi, balki yangi smartfon bo`lishi kutilmoqda. Ekranning diagonaliga o`zgartirishlar kiritilmaydi, dizayn va funktsiyalar avvalgidek bo`lishi mumkin. Ammo iPhone 6 o`zidan “oldingi avlodlardan” yangi iOS 7 operatsion tizim bilan farq qiladi.

1

Mish-mishlarga qaraganda, yangi smartfon to`rt yadroli protsessorga, katta operativ xotira va yangi kameraga ega bo`ladi.

Yangi smartfonning sotuvga chiqishi shu yilning sentyabr oyida kutilmoqda. Agarda iPhone 6 oldingi versiyalaridan katta farq qiladigan bo`lsa, Apple smartfonlar bozorida o`z o`rnini mustahkamlab olishi mumkin.

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. hi-tech

    respect – вот эта я понимаю смартфон

  2. Номаълум

    to’g’ri qilishadi 4S ga qaraganda 4 yaxshi chiqqan

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social