“Bunyodkor” safarda yutqazdi

 

Bugun  Osiyo Chempionlar ligasida 1/8 final bosqichi o`yinlari start oldi. Musobaqa chorak final yo`llanmasi uchun o`tkazilgan ilk o`yinda Toshkentning «Bunyodkor» klubi Tailandda mahalliy «Buriram Yunayted» klubi mehmoni bo`ldi.

 

Hisob birinchi bo`limning 17-daqiqada ochildi. «Bunyodkor» himoyachilari xotirjamligidan foydalanib qolgan «Buriram Yunayted» yarim himoyachisi Anavin Jujin, qanotdan  etkazilgan to`pni bosh bilan Murodjon Zuhurov darvozasiga to`g`rilab qo`ydi. 1:0.

 

Ammo maydon egalari hisobdagi ustunlikni tanaffusgacha saqlab qola olishmadi. Birinchi bo`lim yakunlanishi arafasida, burchak zarbasi amalga oshirilganidan so`ng, birinchi bo`limda zaxiradan maydonga tushgan Igor` Taran «Buriram» darvozasining bo`sh qolgan burchagini aniq nishonga oldi.1:1

 

O`yin ikkinchi bo`limda ham teng kurashlar ostida kechganiga qaramay, vaziyatlardan foydalanishda «Buriram» o`zbekistonlik raqibidan ko`ra omadliroq chiqdi. Uchrashuvning 76-daqiqasida yarim himoyachi Ekkachai Samre, «Bunyodkor» darvozaboni va himoyachilari o`rtasidagi tushunmovchilikdan foydalanib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. 2:1

 

Lekin hali Toshkentda kechadigan javob uchrashuv borligini inobatga oladigan bo`lsak, safardagi 2:1 hisobi yomon natija emasdek tuyuladi. Bu yog`ini vaqt ko`rsatadi.

 

Eslatib o`tamiz «Bunyodkor» va «Buriram Yunayted» o`rtasidagi javob uchrashuvi 21 may kuni Toshkentdagi «Bunyodkor» stadionida o`tkaziladi.

 

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Gol

    химоячиларимиз бир бирларини тушуниб кетиши учун нима килиш кере? МТ даям шу ахвол, бошка клубларимиздаям шу ахвол, нима эмишки химояда юз берган “тушунмовчиликлар” “палапартиш” харакатлар натижасида дарвозамиздан туп олиб чикишга мажбур булдик – роса кулгили smile, эътибор бериб карасангиз мана шу иборани жамоамиз иштирок этадиган барча уйинлада эшитишингиз мукин

  2. messi

    bu bizni jamoalarga tekkan kasalli

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social