Apple vs Samsung

Apple vs Samsung

Seul sudi Apple va Samsung bir birining patent intozomini buzishda aybdor deb topdi va ikki gigant kompaniyaning mobil uskunalarini Janubiy Koreya xududida sotilishiga cheklash qo`ydi.

Sud qaroriga ko`ra Apple kompaniyasi Samsung ning ikkita telekommunikatsion patenti intizomini bo`zgan va kompaniyani 35 ming AQSh dollar kompensatsiya to`lashga hukm qildi. Samsung ni esa Apple kompaniyasining bitta patent intizomini bo`zganligida aybdor deb topdi. Kompaniya 22 ming AQSh dollari to`lashi kerak bo`ladi.

Janubiy Koreyada iPhone 3GS va iPhone 4 smartfonlari, iPad birinchi va ikkinchi avlod planshetlari, Samsung ning qator uskunalari, qolaversa Galaxy S II smartfonini ham sotishga taqiqlanish kiritilgan. iPhone 4S, iPad uchinchi avlodi va Galaxy S III smartfoni yangi versiyalari hamon savdo rastalarida qolishmoqda.

Apple ga qarshi davoni Samsung 2011 yil aprel oyida bergan. Apple iyun oyida Seul sudiga Samsung ga qarama qarshi davo bilan kelgan. Apple Samsung ni dizayn va foydalanuvchi interfeys patentlarini bo`zishda ayblagan.

Apple va Samsung bir biriga qarshi bir nechta mamlakatlarda ham sudga davo arizalari bilan chiqqanlar. Bular qatorida Buyuk Britaniya, Avstraliya va AQSh ham bor. Hozirda esa ushbu ish amerikaning sudida olib borilyapti. AQSh da, Apple Samsungdan 2,5 milliard dollar kompensatsiyani so`rayapti.

Smartfon bozorining ikkita liderlari Apple va Samsung baxsi mobil industriyasining eng katta “patent jang”iga aylandi. IDC baholashicha, 2012 yil ikkinchi kvartalida Samsung smartfonlarni etkazib berish bo`yicha Apple dan ikki baravar o`tib ketgan.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. hi teck

    аррle уже ютди, АКШ да самсунгга анча катта пул микдорида жарима солишди, манимча АКШ даги суд карори бошка давлатдаги суд хукмларига уз таъсирини утказса керак, карабсизги хамма жойда Apple учун эшиклар очик

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social