Apple kompaniyasi o`z mobil moslama foydalanuvchilariga yangi operatsion tizim iOS 8 ni yuklash ruhsatini berdi.
iOS 8 o`lchami 1 gigabayt, biroq shu bilan operatsion tizim iPhone ga o`rnatish uchun 5,7 gigabayt bo`sh joy so`rashi mumkin (6,9 gigabayta iPad ga).
iPhone 4S, iPad 2, iPad mini, iPod Touch beshinchi avlod va Apple ohirgi modellarning foydalanuvchilari yangi operatsion tizimni yuklab olish imkoniyatiga egalar. iPhone 6 va iPhone 6 Plus smartfonlar o`rnatilgan iOS 8 operatsion tizim bilan sotuvga chiqgan.
Butunlay dizayn yangilanishi kutilmayapti. Biroq Apple iOS 8 ga ko`pgina o`zgarishlarni kiritgan. Foydalanuvchilarga qulay muloqat qilish uchun matnni tez tuzish ilova QuickType va iMessages orqali foto, video va ovozli habarlarni bir “silkitish” bilan jo`natish imkoniyatiga ega. Hamda ovozli habarni jo`natish uchun faqatgina mikrofon tugmasini bosish kerak bo`ladi.
Yangi iOS 8 da sog`likni kuzatish uchun HealthKit ilova ham paydo bo`ldi va hamda “aqlli uy” HomeKit platformasi, shu orqali foydalanuvchi uy texnikasi bilan mobil moslama orqali boshqara oladi.
Bundan tashqari, tizimda musiqani aniqlash, “Oilaviy kirish huquqi” ma`lumotlar bilan almashish uchun va avtomatik tarzda fotoal`bomlarni yaratish kabi shunday yangiliklar kiritilgan.
Eng kutilgan ilova bu – Handoff ilovasidir. Ushbu ilova mobil moslamada ishni boshlab va keyinchalik Mac komp`yuetrida davom etirish imkoniyatini beradi. Ushbu funktsiya hozircha Apple o`z ilovalari ya`ni elektron pochta, brauzer Safari, xarita, habarlar, eslatmalar, kalendar`, kontakt, belgilar uchun ishlaydi.
Apple kompaniyasining ta`kidlashicha, agarda foydalanuvchining iPhone smartfoni Mac komp`yuter yonida tursa yoki bir xil Wi-Fi tarmoqda bo`lsa, u holda Mas komp`yuter orqali qo`ng`iroqlarni qabul qilishi mumkin. Shunga o`xshash habarlar ham ishlaydi. Va nihoyat Mas orqali iPhone uchun Instant Hotspot funktsiya orqali modem rejimni yoqsa bo`ladi.