Apple yangi MacBook Air noutbuklarini taqdim etdi

Apple yangi MacBook Air noutbuklarini taqdim etdi

M3 chipli noutbuklar avvalgi avlod modellaridan 60 foizga samarador ekani ta’kidlanmoqda.

Apple kompaniyasi MacBook Air noutbuklarining yangi avlodini taqdim etdi. Ular avvalgi modellarga nisbatan samarador ekani ta’kidlanmoqda. 

Jumladan, 13,6 dyuymli va 15,3 dyuymli modellar Liquid Retina displeyi va M3 chipi bilan jihozlangan, bu esa M1 chipli modelga nisbatan 60 foizga samarador. 

Yangi qurilmalarning batareya quvvati 18 soatgacha oshgan, bu avvalgi avlod kompyuterlariga qaraganda 30 foiz ko‘pdir. Tezroq va samaraliroq 16 yadroli Neural Engine protsessori sun’iy intellekt asosidagi texnologiyalar bilan ishlashni ta’minlaydi.

Yangi mahsulotlar MagSafe zaryadlash ulagichi, aksessuarlarni ulash uchun ikkita Thunderbolt porti va 3,5 mm quloqchin portiga ega bo‘ldi. Noutbuklarda 1080 pikselli FaceTime kamerasi, Spatial Audio va Dolby Atmos texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan dinamiklar mavjud va ular ikkita tashqi displey bilan ishlash imkoniga ega.

Qo‘shma Shtatlarda M3 chipi o‘rnatilgan 13 dyuymli MacBook Air narxi 1 ming dollardan (12,5 mln so‘m), M3 o‘rnatilgan 15 dyuymli MacBook Air esa 1,2 ming dollardan (15 mln so‘m) boshlanadi. Noutbuklar kumush, qora, kulrang va oltin ranglarda ishlab chiqariladi. Yangi mahsulotlarni oldindan buyurtma qilish mumkin, yetkazib berish 8 martdan boshlanadi.

Kommentlar: 15 komment. 15 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Очень крутой

  2. Aziza

    Narxlari vawe osmonku

  3. Тимур

    Ха, эппл нарсалари хар доим киммат чикади.

  4. Тимур

    Лекин америкада улар рассрочкага олишади, нархиям узгармиди

  5. Anonim

    good good good

  6. Tohir

    Bunday noutbuk uchun 1000 dollar juda yaxshi narx

  7. Otabek

    Asosiysi bundan noutbuk har doim qotmasdan ishlaydi

  8. Otabek

    Undan tashqari hech qanday ochiq ma’lumotlari yo’q.

  9. Anonim

    good

  10. Qobil

    Menga yoqdi lekin

  11. Anonim

    negative uncha pul yo’q

  12. Alisher

    Chiroyliku, lekin narxi juda baland ekan

  13. Nasimov

    Narxi norm.

  14. Anonim

    nice

  15. To'maris

    good

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social