Apple yangi MacBook ni taqdim etdi

Apple yangi MacBook ni taqdim etdi

Apple kompaniyasi uzoq kutilgan Retina-displeyli MacBook ni taqdim etdi.

MacBook ning og`irligi 900 gramm va uning qalinligi esa 13 millimetrni tashkil qiladi. Yangi model odatiy MacBook dan farq qilib , endi hamma narsa ushbu noutbukda kichkinaroq, yupqaroq va mukammal bo`lgan. Bugungi kunda bu eng yaxshi ul`trabuk bo`lishi mumkin.

MacBook  12-dyuymli (2304 × 1400) Retina-displeyiga ega. Bundan tashqari panel`ning qalinligi 0,88 millimetrgacha kamaytirildi.

Boshqa elementlarda ham o`zgarishlar sodir bo`lgan. Klaviaturaning qalinligini 40% ga kamaytirilgan va uning maydoni 17% ga kengaytirilgan. Bu matnlarni hatosiz kiritishga imkoniyat beradi va klaviaturaning har bir tugmasida diodli yoritish tizimi bilan o`rnatilgan. Shuningdek, tachpad ham yangilangan.

Yangi universal USB-C port haqida mish-mishlar rost bo`lib chiqdi. Endilikda MacBook da faqatgina USB-C universal port va naushnik portlarini topishingiz mumkin.

Yangi MacBook mobil gadjetlarda taniqli bo`lgan uch ranglarda ya`ni tillarang, to`q kulrang va kumushranglarda chiqariladi. Kichkina model` 1,1 GGts protsessorli va 256 GB ichidagi xotirasi bilan AQShda xaridorlarga $1299 narhida tushadi, kattaroq model` esa kengaytirilgan xotirasi bilan – $1599. Ikkila modellar ham 8 GB operativ xotira bilan jihozlangan.

Manba: Lifehacker

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Aloha

    Bu netbukni faqat bittagina usb porti bor. Akkumulator zaradkasini ham shu bitta usbdan oladi. Kanchalik qulay bolishini vaqt korsatadi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social