Sony suv o`tkazmaydigan planshet va smartfonni yaratdi

Sony suv o`tkazmaydigan planshet va smartfonni yaratdi

Bugungi kunda Sony o`zining ikki yangi gadjetlarini namoish etgan, ularning muhim bir hususiyati yuqori namlikga qarshi turishidir.

Smartfon “Sony Xperia M4 Aqua”. Smartfon 1280×720, 5 dyuymli ekranga, 64-bitli protsessor Qualcomm Snapdragon 615 takt tezligi 1,5 GGts va 2 GB operativ xotirasiga ega. Xperia M4 Aqua ichgi xotirasi 8 GB va 16 GB va microSD kartalar yordamida 32 GB gacha oshirish mumkin. Moslama 4G LTE tarmog`ida ishlaydi. Unda Android 5.0 Lollipop operatsion tizimi o`rnatilgan.

Ishlab chiqaruvchilar unga 13 Mp asosiy kamerani o`rnatganlar va Sony Exmor RS matritsa bilan jihozlangan, apertura F2.0 va sezgirligi ISO 3200, hamda “eng yaxshi avtomoslash” tizimi o`rnatilgan. Xperia M4 Aqua ning oldingi kamerasi 4 Mp ruxsatga ega. Suv o`tkazmasligi tufayli videoda ko`rsatilgandek smartfon suv ostida ham ishlatsa bo`ladi.

Sotuvga bahorda chiqadi va uning narxi 299 evro bo`ladi. Sony Xperia M4 Aqua ni uch xil oq, qora va marjon ranglarda harid qilish mumkin.

Planshet XperiaZ4 Tablet. Mazkur planshet bugungi kunda kompaniyaning eng engil va yupqa 10 dyuymli plansheti hisoblanadi. Uning va`zni Wi-Fi modeli uchun 389 gramm va 392 gramm LTE-modulli model uchun, qalinligi esa 6,1 mm.

Planshetning korpusi zanglamaydigan temirdan iborat, ekran esa mineral oyna bilan himoyalangan. Xperia Z4 Tablet 64-bitli va 2 GGts tezlikka, Qualcomm Snapdragon 810 protsessor va Adreno 430 grafikadan iborat. Moslamaning operativ xotirasi 3 Gb va 128 GB gacha bo`lgan microSD kartalar bilan ishlaydi. Asosiy kamera 8Mp, oldingi esa – 5 Mp. Batareya hajmi 6000 mAch, bu esa Sony ning aytishicha 17 soat video ko`rish imkoniyatini berishi kerak.

Ul`trayupqa Android 5.0 Lollipop operatsion tizimda bo`lgan flagmanli planshetni barcha xohlovchilar 2015-yil yozdan boshlab harid qilishlari mumkin. Xperia Z4 Tablet ning narxi hozircha belgilanmagan.

Manba: Naked-Science

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. uzbek

    qizlar uchun gadejtlar! nuqul smartfonlarini suvga tushiradilar!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social