Amerikaning QuickerTek kompaniyasi MacBook uchun 30 Watt 2015 Type-C MacBook Solar Panel nomli quyosh energiyasi orqali ishlay oladigan moslamani taqdim etdi. yig`iladigan quyosh paneli juda yupka va engil bo`lib, u MacBook ga ulangan zaxoti akkumulyator zaryad ola boshlaydi.
Bu quyosh paneli yordamida MacBook ni har qanday yorug` joyda zaryad qilsa bo`ladi, shu bilan akkumulyator quvvati tejaladi va rozetka qidirib yurish shart bo`lmaydi. Ishlab chiqaruvchilarning ta`kidlashlaricha zaryad olish tezligi Apple MacBook standart adapteri tezligi bilan bir xil.
Panel o`lchami 280×165 mm, vazni – 590 gramm. The30 Watt Solar Panel ni 398$ AQSh dollariga sotib olsa bo`ladi. Quyosh panelidan tashqari QuickerTek yana MacBook lar uchun tashqi akkumulyatorni ishlab chiqargan. Ushbu akkumulyator Apple MacBook ni uzluksiz elektr quvvatidan yana 6-7 soat avtonom ishlash imkonini oshiradi. Uni oddiy Apple moslamalarining zaryad simlari orqali zaryad qilsa bo`ladi. Uning narxi 299$ AQSh dollarga teng.
Manba: econet.ru