Apple iPhone 5c smartfonlarning ishlab chiqarishini to`xtatadi

Apple iPhone 5c smartfonlarning ishlab chiqarishini to`xtatadi

Keyingi yilda Apple iPhone 5c smartfonlarini ishlab chiqarishini to`xtatadi. Ma`lumotlarga ko`ra, bunga sabab unga bo`lgan talabning kamligidir. Shuningdek, o`tgan yilda Apple o`zining byudjetli smartfonini sotilishini ko`tarish uchun katta reklamani ham ishlab chiqargan edi.

Ishlab chiqarish to`xtatilishining rasmiy sanasi hozircha belgilanmagan. Olingan bir qator ma`lumotlarga qaraganda, iPhone 5c smartfoni kelasi yilning o`rtalarida to`xtatilishi mumkin. Moslamaning sotuvi esa 2015-yilning kuzida bo`lib o`tishi kutilayotgan ettinchi avlod smartfonining chiqishi bilan to`xtashi mumkin.

iPhone 5c 2013-yilda iPhone 5s bilan birgalikda taqdim etilgan edi. Mazkur model turli hil rangli plastik korpuslarda ishlab chiqilgan edi va boshqa smartfonlarga qaraganda past narhda sotilgan.

Yanvar` oyida taqdim etilgan statistika va hulosalarga ko`ra, 2013-yilning ohirgi choragida foydaning 59% iPhone 5S dan kelgan bo`lsa, 27% iPhone 5c dan kelgan va bu ikki barobar kamroq deganidir.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social