Apple kompaniyasining press-relizida berilgan habarlarga ko`ra, birinchi uch kun mobaynida 10 mln iPhone 6 va iPhone 6 Plus smartfonlari sotilgan.
“Sotuvlar barcha kutishlarimizdan oshib ketdi, biz bunday bahtiyorlikni his qilmagan edik” – deb kompaniyaning rahbari Tim Kuk aytib o`tdi.
Yangi smartfonlar o`tgan juma kuni AQSh, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Kanada, Frantsiya, Germaniya, Gonkong, Yaponiya, Puerto-Riko va Singapur mamlakatlarida sotuvga chiqgan edi. 26-sentyabr kuni ular 20 dan oshiq davlatlarda chiqadi va yilning ohirida esa 115 davlatlarda paydo bo`ladi.
O`tgan yilda birinchi dam olish kunlarida Apple 9 mln 5S va 5C smartfonlarini sotgan edi.