Britaniyalik muhandislar oltin dronni yig’ishdi

Britaniyalik muhandislar oltin dronni yig’ishdi

Britaniyaning “DirectDrones” kompaniyasi muhandislari “DJI Phantom 4 Gold Edition” dronini yig’ishdi. Ma’lumotlarga ko’ra, dron korpusi 999-sifatli oltindan qilingan.

Ishlab chiqaruvchilarning aytishicha, dron ikki kilometrgacha tepalikga ko’tarilishi mumkin va uning narxi 24,4 ming AQSH dollarini tashkil etadi.

Dronda qo’shimcha tarzda ikkita parrak, mobil telefon ushlagichi, zaryad moslamasi va 16 gigabaytli SD xotira kartasi sotiladi.

Noyob dron haqidagi ma’lumot “Luxurylaunches” saytida birinchi bo’lib paydo bo’ldi. Ushbu saytda dunyodagi eng qimmat va hashamatli narsalar haqida ma’lumot topish mumkin. Foydalanuvchilarning ta’kidlashicha, shunday dron oltinligidan tashqari oddiy dronlardan farq qilmaydi.

Manba: lenta.ru

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social