Dunyodagi ilk 200MP kamerali smartfon mana shunday ko’rinishda bo’ladi

Dunyodagi ilk 200MP kamerali smartfon mana shunday ko’rinishda bo’ladi

Motorola kompaniyasining Moto (Edge) X30 Pro yoxud Motorola Frontier, shu bilan birga, global bozor uchun Moto Edge 30 Ultra nomli smartfoni kelayotgan 2-avgust kuni taqdim qilinishi kutilmoqda. Tadbir sanasi yaqinlashar ekan, kompaniya o’zining rasmiy Weibo sahifasiga kamerafonning dizaynini ko’rish imkonini beradigan tizer suratlarini joyladi.

Rasmdan qora rangli variantdagi Moto X30 Pro smartfonining noyob uchlik kamerasi joylashuvini ko’rishimiz mumkin va u bir qarashda Xiaomi Civi smartfonini eslatib yuboradi. Smartfonning o’ziga xosligi ham aynan kamerasida bo’lib, uning asosiy kamerasi Samsung kompaniyasing 200MP o’lchamli sensori bilan ta’minlangan va u xuddi shunday kameraga ega dunyodagi ilk telefon bo’ladi. Qolgan qo’shimcha kameralarining biri 50MP ultrakeng bo’lsa, ikkinchisi 12MP telefoto bo’lib, kamera modulining o’ng tomonida LED chirog’i ham mavjud. Shuningdek, orqa panelning markaziga Motorola logotipi tushirilganini aytish lozim.

Moto X30 Pro old ekranining yon tomonlari biroz egilgan. Selfi kamera bu safar qurilmaning yuqori markazga joylangan bo’lib, mish-mishlarga qaraganda u 60MP bo’lishi mumkin.

Texnik xususiyatlariga keladigan bo’lsak, qurilmaning 6.73 dyuymli, OLED, Full HD+ displeyi 144Hz yangilanish tezligiga ega. Kapot ostida, albatta, so’nggi rusumdagi Qualcomm chipseti, Snapdragon 8+ Gen 1 o’rnatilgan va u Android 12 operatsion tizimga asoslangan MyUI 4.0 qobig’ida ishlaydi. 12GB operativ, 256GB doimiy xotira. Uning 4,500 mAh batareyasi 125W tezlikda zaryadlanadi.

Moto X30 Pro bir necha kundan keying Motorola’ning yangi buklamafoni, Moto Razr 2022 bilan taqdim qilinishi kutilmoqda. Narxi esa 899 yevro bo’lishi tahmin qilinyapti.

Kommentlar: 8 komment. 8 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Nodir

    vawe zur telefon good

  2. Тимур

    дороговато

  3. Aziza

    ne4pulakan?

  4. Baxtiyor

    fotoparatam keremas endi

  5. Тимур

    хали нархи йу

  6. .......

    ZUR TELEFON EKAN

  7. Kozim

    good good good good good

  8. Shovkat

    manga yoqdi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social