Texnologiya davrida ko’pgina narsalar juda tez-tez yangilanib turadi.
Dron moslamasi tezlik bilan rivojlanib bormoqda. Hozirda yangi “Teal” nomli yangi dron taqdim etildi.
Dronning maksimal tezligi taxminan 112 km soatiga bo’lishi mumkin, bu esa katta yo’lda avtomobildan o’tib ketishga yetarlidir. Boshqaruv tizimining uzoqligi 3,2 km, droning akkumulyatori esa 20 daqiqaga yetadi. Bundan tashqari, ishlab chiqaruvchilarning aytishicha, dronni kuchli shamol vaqtida ishlatish mumkin. Hamda, GPS-o’lchagich yuqori tezlikda dronni yo’qotmaydi.
Teal dronda 13 megapikselli kamera o’rnatilgan bo’lib, videoni 4K formatida olishga ega. Dronning “aqli” uchun NVIDIA Tegra TX1 processor javob beradi.
Hozirgi vaqtda Teal dronni oldindan buyurtma uchun ishlab chiqaruvchilarning saytida joylashgan. Dronning narxi 1300 AQSH dollarini tashkil etar ekan.
Manba: naked-science.ru
Shu hammasi zo’r-u, lekin akkumulyatori bor yo’g’i 20 daqiqaga yetishi kam de… Menimcha juda zo’r va qulay narsa bu dronlar, barcha sport, kino va boshqa teleprogrammalarda ishlatsa bo’ladi ularni.