Olimlar aniqladi: Yer baribir Quyoshning o‘limidan omon qolishi mumkin

Olimlar aniqladi: Yer baribir Quyoshning o‘limidan omon qolishi mumkin

Biroq zamonaviy hisob-kitoblarga ko‘ra, sayyoramiz hayot uchun yaroqsiz holatga bundan ancha oldin kelib qoladi.

Yer Quyosh qizil gigantga aylangandan keyin uning tomonidan yutib yuborilish taqdiridan qochib qolishi mumkin. Shunday xulosaga Belgiyaning KU Leuven Astronomiya instituti olimlari kelishdi. Ular qarib borayotgan yulduzlar va ularning sayyoralari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir modellari qayta ko‘rib chiqib, Yerning omon qolish ehtimoli avval o‘ylanganidan yuqoriroq ekanini ko‘rsatishdi.

Taxminan besh milliard yildan so‘ng Quyosh yadrosidagi vodorod zaxiralarini tugatadi va tez sur’atlarda kengaya boshlaydi. Ushbu bosqichda u muqarrar ravishda Merkuriy va Venerani yutib yuboradi. Uzoq vaqt davomida ko‘plab tadqiqotlar Yer ham xuddi shunday taqdirga duch kelishini bashorat qilgan edi.

Yangi tadqiqot mualliflari gelgit kuchlari bo‘yicha yangilangan hisob-kitoblardan foydalanishdi. Yerni asta-sekin Quyosh tomon tortib boradigan gravitatsion ta’sir avvalgi tadqiqotlarda taxmin qilinganidan kuchsizroq bo‘lib chiqdi. Shu sababli sayyorada Quyosh massa yo‘qota boshlagani sari undan uzoqlashish uchun ko‘proq vaqt paydo bo‘ladi.

Endi eng katta noaniqlik gelgit hisob-kitoblari bilan emas, balki Quyosh kelajakda qancha massa yo‘qotishi bilan bog‘liq. Hozircha Quyoshga o‘xshash yulduzlarni kuzatish natijalari Yerning omon qolishi ehtimolini ko‘rsatmoqda, ammo bunga ishonch hosil qilish uchun yanada aniqroq ma’lumotlar kerak.

Mats Esseldyurs
Tadqiqotning yetakchi muallifi

Olimlarning tushuntirishicha, Yer taqdiri ikki jarayon o‘rtasidagi nozik muvozanatga bog‘liq. Quyosh kengayib borgani sari gelgit kuchlari Yerni asta-sekin o‘ziga tortadi. Shu bilan birga, yulduz ulkan hajmdagi moddalarni kosmosga chiqarib yuborib, massa yo‘qotadi. Massa kamaygani sababli uning gravitatsiyasi zaiflashadi va omon qolgan sayyoralarning orbitalari kengaya boshlaydi.

Yerning taqdiri aynan mana shu ikki ta’sir o‘rtasidagi juda nozik muvozanatga bog‘liq. Agar gelgit kuchlari ustun kelsa, Yer yutib yuboriladi. Agar massa yo‘qotish jarayoni kuchliroq bo‘lsa, sayyora yanada uzoqroq orbitaga ko‘chadi.

Mats Esseldyurs

Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatadiki, Merkuriy va Venera baribir halokatdan qutula olmaydi. Biroq Yer va Mars, ehtimol, Quyoshning qizil gigantga aylanishining har ikkala bosqichidan ham omon chiqadi. Shundan keyin ular bizning yulduzimiz aylanishi kutilayotgan ixcham oq mitti yulduz atrofida harakatlanadi.

Shu bilan birga, tadqiqotchilar hozircha yakuniy xulosa chiqarishning imkoni yo‘qligini ta’kidlashmoqda. Bashoratlarni aniqlashtirish uchun ular kelajakdagi Quyoshning analogi deb hisoblanadigan L2 Korma qizil giganti haqidagi ma’lumotlardan foydalanishdi. Model Yer kengroq orbitaga ko‘chishga ulgurishini ko‘rsatdi, biroq hamon ko‘p narsa Quyosh evolyutsiyasining so‘nggi bosqichlarida massani qanchalik tez yo‘qotishiga bog‘liq.

Biroq insoniyat uchun bu yangilik ko‘proq nazariy ahamiyatga ega. Zamonaviy hisob-kitoblarga ko‘ra, taxminan bir milliard yildan keyin Quyosh shunchalik qizib ketadiki, Yer okeanlari bug‘lanib ketadi va sayyoramiz qizil gigant bosqichi boshlanishidan ancha oldin hayot uchun mutlaqo yaroqsiz holatga keladi.

Kommentlar: 36 komment. 36 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. 5 milliard yildan keyingi gapni o‘qib boshim qotdi men ertangi kunni o‘ylab yuribman hali

  2. Qiziq maqola ekan, avval Yer albatta Quyoshga yutiladi deb o‘ylardim

  3. Olimlar har safar yangi narsa topadi, kosmos haqidagi mavzular juda yoqadi menga

  4. Baribir 1 milliard yildan keyin okeanlar bug‘lanarkan, bizga nima farqi bor

  5. Mars ham omon qolishi mumkin degani qiziq ekan, balki kelajakda odamlar u yerga ko‘chib ketar

  6. FazoTVda shunaqa ilmiy maqolalar ko‘proq bo‘lsin

  7. Muxriddin

    Bungacha qancha vaqt bor hali

  8. Voy Yer saqlanib qolishi mumkinligini o‘qib hayron qoldim

  9. Kosmos haqida o‘qisam o‘zimni juda kichkina his qilaman

  10. 5 milliard yil degani tasavvur qilib bo‘lmaydigan vaqt ekan

  11. Menimcha bunaqa tadqiqotlarga pul sarflashdan ko‘ra Yer muammolarini hal qilish kerak

  12. Lekin baribir juda qiziq ma’lumotlar ekan ✨ Oxiridagi okeanlar bug‘lanib ketishi haqidagi joy sal qo‘rqinchli ekan

  13. Zor bu, lekin ancha odamzod yo bopketadi unchaga

  14. Yana olimlar taxmin qildi xolos, ertaga boshqa maqola chiqib teskarisini aytadi

  15. Kosmos bo‘yicha aniq gap yo‘q, hammasi model va hisob-kitob

  16. Lekin o‘qishga arziydigan maqola bo‘libdi

  17. Quyosh massasini yo‘qotishi sabab Yer uzoqlashishi mumkin ekan, shu joyi mantiqli

  18. Kommentlarda kulayotganlar bor, aslida bu juda katta ilmiy mavzu Muallifga rahmat, sodda tilda tushuntiribdi

  19. Shaxnoza

    Men bunaqa maqolalarni yaxshi ko‘raman ❤️ Har safar kosmos haqida o‘qisam yangi savollar paydo bo‘ladi

  20. Shahnoza

    Mars ham omon qolishi mumkinligi juda qiziq ekan Balki kelajak avlodlar boshqa sayyoralarda yashar

  21. Shahnoza

    Odamlar “bizga nima” deb yozishyapti, lekin ilm-fan aynan qiziqishdan rivojlanadi

  22. Shaxnoza

    Juda zo‘r maqola bo‘libdi good Raxmat

  23. Rostini aytsam bunaqa mavzularni o‘qib vaqt ketkazgim kelmaydi

  24. Yerda muammo yetarli, 5 milliard yildan keyingi voqealar qiziqtirmaydi

  25. Lekin sarlavha yaxshi qo‘yilibdi, kirib o‘qib chiqdim

  26. Olimlar yana grant olish uchun navbatdagi nazariya chiqarganga o‘xshaydi Shunga qaramay maqola zerikarli emas ekan

  27. Kommentlarni o‘qish maqolaning o‘zidan qiziqroq bo‘lib qoldi

  28. Astronomiya eng qiziq fanlardan biri deb o‘ylayman

  29. Yerning taqdiri ikkita kuch muvozanatiga bog‘liq ekanligi juda qiziq

  30. Ilm-fan rivojlangani sari eski nazariyalar ham o‘zgarib boradi

  31. Avvallari Yer albatta yutiladi degan fikr ustun edi

  32. Endi esa omon qolish ehtimoli yuqoriroq deyishyapti

  33. Shunaqa ilmiy yangiliklarni ko‘proq chiqaringlar, mazza qilib o‘qiymiz

  34. Uffffff bad

  35. Mayli

  36. Jamshid

    Hammasi Xudoning qolida

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social