AQSh aloqa operatorlari va yirik mobil telefon ishlab chiqaruvchilar (Apple, Google, HTC, Huawei, Motorola, Microsoft, Nokia va Samsung) uyali telefon (smartfon) o`g`irlanishiga qarshi kurashish hamkorlik kelishuvini imzolashdi.
Ushbu kelishuvga asosan, 2015 yildan AQSh hududida sotilishga mo`ljallangan uyali telefonga mahsus dasturiy vosita o`rnatilgan bo`ladi.
Yangi “antivor” texnologiyalari uyali telefon o`g`irlangan yoki yo`qolgan hollarda undagi ma`lumotlarni masofada turib uchirish va uyali telefonni blokirovka qilish imkonini beradi. Uyali telefon egasiga qaytarilganda, uni hech qanday qiyinchiliksiz oldingi ish faoliyatiga qaytarish mumkin bo`ladi.
Applening iOS7 operatsion tizimi bu kabi texnologiyadan foydalanmoqda. Activation Lock nomli funktsiyasi, smartfon birinchi holatidagi holatiga qaytarilgan paytdayam foydalanuvchi parolini kiritishni so`raydi.
зор, жуда керакли дастур булади
naxotki uchirilgan faillarni xam vosstanovit qilsa buladi?
бемани, бумаган гап