Facebook va Ray-Ban “aqlli” ko‘zoynaklar yaratdi. Ushbu gajdet suratga olish va telefonda gaplashish imkonini beradi

Facebook va Ray-Ban “aqlli” ko‘zoynaklar yaratdi. Ushbu gajdet suratga olish va telefonda gaplashish imkonini beradi

Facebook kompaniyasi Ray-Ban brendi bilan hamkorlikdagi ilk “aqlli” ko‘zoynaklarni taqdim qildi.

Ray-Ban Stories ko‘zoynaklari Snapdragon protsessori, linzalarning yoniga o‘rnatilgan ikkita 5 Mp o‘lchamli kameralar, shuningdek, foto va video tugmachalari bilan jihozlangan.

Bundan tashqari, mikrofon hamda ovozni chiqarib eshitish moslamasining borligi gadjet bilan bog‘langan smartfon orqali musiqa va qo‘ng‘iroqlarni tinglash imkonini beradi. Videoga olish vaqtida atrofdagilarni yozib olinayotganidan ogohlantiruvchi yonadigan indikator o‘rnatilgan.

Ma’lum qilinishicha, o‘rnatilgan xotira 30 soniya davom etadigan 30 ta videorolik yoki 500 ta fotoni saqlashga yetadi. Shuningdek, ularni telefonga saqlab qo‘ysa ham bo‘ladi.

Ray-Ban Stories Facebook Assistant’ning ovozli buyruyg‘i asosida ishlaydi. Shuningdek, ko‘zoynak Facebook, Instagram, Twitter va WhatsApp’ga rasm va videolarni yuborish mumkin bo‘lgan yangi Facebook View ilovasiga ham ulanadi.

1 soat to‘liq quvvatlangan gadjetdan 6 soat davomida foydalansa bo‘ladi. G‘ilof ichiga kiruvchi akkumlyator ko‘zoynakni uch marta quvvatlash imkonini beradi. AQSh, Kanada, Italiya, Avstraliya va Irlandiyada 9-sentabrdan sotuvga chiqishi aytilgan ko‘zoynakning boshlang‘ich narxi 299 dollar bo‘ladi. Qo‘shimcha qilinishicha, ko‘zoynak linzasi, gardishi va rangi turli bo‘lgan 20 xil variantda taqdim qilingan.

Kommentlar: 5 komment. 5 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Said

    Bizada qa4on 4iqarkan?

  2. Komil

    O’zimga bitta olardim. juda qulay b6sa kere

  3. Тимур

    Ксиаоми хам чиказвотти, уланики арзонро буса кере

  4. Sumayya

    Man RayBanni oddi quyoshdan himoyalidigan achkisini taqaman.Vashshe zoʻr.Rassa sifatli iahlagan.Madeliyam nejni

  5. Fazo.tv

    Salom Sumayya, RayBan dunyodagi eng yaxshi ko’zoynaklar chiqazadi. smile

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social