Facebook ijtimoiy tarmog’i butun dunyo bo’ylab video tomosha qilish platformasini ishga tushirishga qaror qildi. Chiqish sanasi 30 avgustga belgilangan edi. Ushbu xizmat bir yil oldin boshlangan va faqat AQShda mavjud edi. Bu yil Facebook uni butun dunyo bilan baham ko’rishga qaror qildi.
Youtube dan farqli o’laroq, “Watch” xizmati kompaniya bilan hamkorlik shartnomasi asosida yaratilgan mualliflik huquqi shoularini nashr qilish uchun mo’ljallangan. Huddi shu videolarni istagan har bir kishi Youtube da joylashtirishi mumkin.
Bundan tashqari, “Watch” da videolarni joylashtiradigan foydalanuvchilar faqatgina “Ad Breaks” dasturiga qo’shilsa, ular o’z videolari orqali daromad olishlari mumkin. Ushbu dastur videoning ichida reklamalar qo’shish imkonini beradi.
Bu yilgi statistik ma’lumotlarga ko’ra, “Watch” da video tomosha qilish 14 marotabaga o’sdi. Bugungi kunda ushbu xizmatdan oyiga 50 milliondan ortiq kishi foydalanadi.