General Motors futuristik ko‘rinishdagi uchar Cadillac konseptini taqdim qildi. Taqdimot YouTube’da joylashtirilgan.
“General Motors futuristik uchar Cadillac – havoga vertikal ko‘tariluvchi va qo‘nuvchi hamda ko‘chalar ustidan yo‘lovchilarni tashuvchi boshqaruvchisiz avtomobilni taqdim qildi”, deyilgan xabarda.
Uchar Cadillac surilib ochiluvchi eshiklar va oynavand tomga ega. Mashina salonida biometrik datchiklar, ovozli boshqaruv va imo-ishoralarni tanish tizimi bor. Transport vositasi shahar binolari tomlari orasida harakatlanish uchun mo‘ljallangan.
Qurilma yo‘lovchilarni 88 km/soat tezlik bilan belgilangan manzilga eng yaqin tomga yetkazadi. Qurilma 90 kVtli dvigatel, GM Ultium akkumulyatori va 4 juft rotorli o‘ta yengil korpusga ega.