GetPass oddiy va samarali parol ishlab chiqaruvchi vosita

GetPass oddiy va samarali parol ishlab chiqaruvchi vosita

Turli xil akkauntlar uchun bir xil parolni ishlatish noto’g’ri hisoblanadi. Agar hakerlar sizning akkauntingizdan kamida bittasini ochsalar, qolganlariga osongina kira oladilar.

Har doim yangi kombinatsiyalarni yaratmaslik uchun siz parol ishlab chiqaruvchisidan foydalanishingiz mumkin. Getpass – eng qulay, lekin ayni paytda samarali vositadir.

Getpass veb-saytida ortiqcha narsa yo’q. Markazda yaratilgan parol ko’rsatiladi, uning ostida “Clipboardga nusxa ko’chirish” tugmasi joylashgan. Quyida “Secure” va “Ultra” tugmalari mavjud. Birinchisi faqat harflar va raqamlardan tashkil topgan oddiy, ammo xavfsiz kalit hosil qiladi. Ikkinchisida, turli xil belgilar mavjud bo’lgan juda murakkab parol ishlab chiqaradi.

Bunday kombinatsiyalarni topish juda qiyin, shuning uchun xakerlar sizning akkauntingizni buzish uchun juda ko’p ter to’kishlari kerak bo’ladi. Biroq, alohida istak bilan ular buni qilishlari mumkin. Shuning uchun, iloji boricha, ikki faktorli autentifikatsiya vositalaridan foydalaning – bu bilan akkaunt albatta xavfsiz bo’ladi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social