Biz 21-asrda yashayapmiz. Endilikda biz qayerga bormaylik va nima qilmaylik, aqlli moslamalarimiz buni bilib oladi, hatto biz uni ijtimoiy tarmoqlarda bo’lishmasak ham.
Yaqinda Associated Press tomonidan olib borilgan tajriba jarayonida Google, GPSni o’chirish va sozlamalardagi taqiqqa qaramasdan, o’z mijozlarining manzilini kuzatishda davom etayotganligi aniqlandi.
Qidiruv foydalanuvchilarning joylashuvi haqidagi ma’lumotni qidirish uchun Internetda va dasturlarda faoliyatini nazorat qiladi. Kuzatuv funksiyasini o’chirish uchun standart sozlamalar mavjud, masalan, Web va Web-faoliyat bo’limida “Ilova tarixi va web-qidiruv” va “Joylashuv tarixi” ni o’chirib qo’yish. Hatto, ushbu xususiyatlarni butunlay o’chirib qo’ysangiz ham va Android yoki iOS operatsion tizimidan qat’i nazar, Google shunda ham foydalanuvchi joylashuvi haqidagi ma’lumotlarni oladi.
Maqola nashr etilganidan so’ng, Google o’z xizmatlarini ko’rsatish bo’yicha ko’rsatmalarini yangiladi. Endi Google Kuzatuvlar Yordam sahifasida, Joylashuvlar tarixi xususiyatini o’chirib qo’ysangiz ham, ushbu sozlama foydalanuvchi uchun boshqa joylashuv xizmatlariga ta’sir qilmaydi.
Google foydalanuvchilarni nazorat qilishni davom ettiradi, lekin bu haqida xabar bermaydi.
Siz nima deb o’ylaysiz, bu to’g’rimi?