Google kompaniyasi, fevral oyi boshida Google Glass “aqlli ko`zoynak” ga doyir bir qancha yashirin tadbirlar o`tkazdi. Bunda, ishlab chiqaruvchilari Google Glass periferiyasiga bo`lgan API va yana o`nlab ilovalar bilan tanishish imkoniga ega bo`ldilar.
Google kompaniyasi, virtual ob`ektlarni real ob`ektlar ustiga qo`yib ko`rsatuvchi Google Glass ko`zoynagi haqida, o`tgan yilning yozida aytgan edi. Google Glass ni hozircha faqat ishlab chiqaruvchilarigina sotib olishlari mumkin. Uning narxi 1,500 AQSh dollariga teng.
Bu tadbirlar N`yu-york va San-Frantsisko shaharlarida bo`lib o`tgan. “ovoza qilmaslik” to`g`risida imzo qo`ygan ishtirokchilar, birinchilardan bo`lib ko`zoynakning dasturiy interfeysi (API) bilan tanishib, Google Glass uchun 80 dan oshiq ilovalar yaratishgan. 8 ta eng yaxshi jamoa ishtirokchilari, Google dan sovg`a tariqasida ushbu ko`z oynakdan olishdi.
Google Glass ga tegishli keyingi yirik prezentatsiya 11 mart Texasning Ostin shahrida bo`lib o`tadigan South By Southwest Interactive konferentsiyasida kutilmoqda. Google Glass ochiq sovdaga shu yilning oxirgi oylarida chiqishi mumkin.
google ning IT olamida qivotgan ishlari odam aqliga sig’maydi, hali qanchadan qancha man bilmiydigan servicelari bor, voy bo’y
Chinda ham qoil qolish kerak. Daxshatku
yeah boshlandi )))
nime bizzikalayam shunaqa yangiliylayam yartishmiydi? manimcha bizadayam buning uchun imkoniyatla etarli, maktabladayam kollej universitetladayam sharoyitla etarli darajada
tezroq chikqsin shunday yangilik ))) dunyo texnologiyasi juda tez rivojlanyapti !
Qoileeee. Bunaqasini endi ko’rishim. Bizga qachon etib kelar ekan???
Bunaqa ochkilarni faqat fantastik kinolarda ko’rgan edim. Endi haqiqiysi chiqibdede.
муаллиф 159 – бизикилаям шунга ухшаш янги технологиялар яратиши учун, нафакат университет ёки институт, коллеж ёки лицей, балки мактаб ва энг мухими оиладаям бир хил шароит, имконият ва энг мухими кобилят булиши кере
muallif a: men o’ylayman qobilyat hammada bor. Lekin bu qobilayatni hammamiz bir joyga ko’mib qo’yganmiz. Ochig’i insonlar dangasa bo’lib ketvotdi. Oddiy matematikada misol ishlasa kalkulaytor ishlatvotdi. Kalla nima uchun berilgan???