Google Maps ga quyosh sistemasidagi sayyoralar xaritasi qo’shildi

Google Maps ga quyosh sistemasidagi sayyoralar xaritasi qo’shildi

Google Maps xizmatida quyosh sistemasi va ularning sun’iy yo’ldoshlari xaritalari paydo bo’ldi. Tasvirlar 1997-yilda ishga tushirilgan “Kassini” sayyoralar aro kosmik stansiyasi tomonidan olingan. Mazkur stansiya missiya davomida Yerga yarim milliondan ortiq suratlarni jo’natdi.

Foydalanuvchilar o’z kompyuterlaridan 15 samoviy jismlarni “ziyorat” qilishlari mumkin, Ular: Merkuriy, Venera, Oy, Mars, Tserer, Pluton va Yupiter yo’ldoshlari (Ganimed, Io va Yevropa) va Saturn yo’ldoshlari (Mimas, Entselad, Dion, Reya, Titan va Yapet).

Har qanday samoviy jismni globus kabi aylantirish, xaritani kichraytirish va kattalashtirish mumkin. Tekisliklar, balandliklar va kraterlarga bosib, siz ob’ekt diametri va nega ularni shunday nomlanganini ko’rishingiz mumkin. Afsuski “Street View” kabi sayyora yuzasida yurish imkoniyati yo’q.

Shu yilning yoz oylarida Google “Xalqaro Kosmos Stansiyasini (MKS)” rasmga oldi. Foydalanuvchilar Google orqali Rossiya va Amerika segmentlarida “uchishlari”, koinotdan Yerni ko’rishlari, texnik uskunalar va maishiy ob’ektlarni ko’rishlari mumkin. Shuningdek, ular astronavtlar qayerda yeyishlari va uxlashlarini ham kuzatishlari mumkin.

Quyosh sistemasi va ularning sun’iy yo’ldoshlarini shu link orqali kuzatishingiz mumkin. 

Manba: Hitech

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social