San-Fransiskoda Cafe X qahvaxonada 100 dan 120 gacha stakan qahva tayyorlaydigan hodim ishlaydi. Uning ism Gordon – bu yuqori aniqli Mitsubishi manipulyatori, u maxsus dastur ostida ishlaydi. Cafe X da xushbo’y ichimlikni mobil ilova orqali yoki qahvaxonadagi terminal orqali buyurtma berish mumkin.
Mehmonlarga uch turdagi kofe donlari va bir nechta qo’shimchalar taklif qilinadi. Buyurtma qabul qilib, robot-barist kerakli qo’shimlarni soladi va qahvani ikkita kofemoshinalar yordamida tayyorlaydi. Butun jarayon 1-3 daqiqa oladi. Undan keyin buyurtma maxsus isituvchi maydonchaga o’rnatiladi, u yerdan xaridor telefondan yoki terminaldan to’rt raqamli kodni terib o’z buyurtmasini olishi mumkin.
Cafe X da espresso $ 2.95, latte esa $ 2,25 AQSh dollari narxda sotiladi. San-Fransisko uchun, bu Starbucks ga qaraganda ancha arzon ekan.
Xabarlarga ko’ra, robot-barista qahvaxona inverstorlariga $ 5 million narxga tushgan.