Filmga asl kartina rejissyori bosh-qosh bo‘lgan.
Internetda Xitoyning yangi sport-jangari filmi — «Ayollar Shaolin futboli» (Women’s Shaolin Soccer)ning to‘liq treyleri e’lon qilindi. Ushbu film 2001-yilda katta mashhurlikka erishgan «Jangari futbol» (Shaolin Soccer) kartinasining spin-offi hisoblanadi.
Syujetga ko‘ra, barcha futbolchilari kung-fu san’atini mukammal egallagan «Emei» ayollar jamoasi mavsum o‘rtasida murabbiyidan ayriladi — u raqib jamoa safiga o‘tib ketadi. Natijada jamoa Osiyo Chempionlar Ligasi musobaqasidan chiqib ketish xavfi ostida qoladi.
Turnirdagi o‘rnini saqlab qolish va sobiq murabbiyidan qasos olish uchun qizlar o‘z o‘yin uslublarini tubdan o‘zgartirishga majbur bo‘lishadi. Ular jangovar kung-fu harakatlarini futbol qoidalariga moslashtirib, maydonda yangi va kutilmagan taktika yaratishga kirishadi.
Film posteri ham tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda

Kartinaga 2001-yildagi original «Qotil futbol» filmini suratga olgan mashhur rejissyor Stiven Chou rahbarlik qilgan.
Filmda Chjan Syaofey, Chjan Isin, Dilraba Dilmurat, Ay Mi va boshqa aktyorlar rol ijro etgan.
Filmning Xitoydagi rasmiy premyerasi 11-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.



Voyyy treylerni ko‘rdim, eski Jangari futbol kayfiyati qaytayotganga o‘xshaydi
Stiven Chou bo‘lsa demak kulgi ham, jang ham bo‘ladi
Ayollar jamoasi degani qiziq ekan, noodatiy syujet
Bolaligimda Qotil futbolni 100 marta ko‘rganman
Chiqishi bilan albatta ko‘raman Hozirgi filmlardan ko‘ra shu eski uslubdagi filmlar yoqadi menga
Dilraba bor ekan men uchun shu yetadi
Treyler juda chiroyli chiqibdi
Qizlar kung-fu bilan futbol o‘ynashi zo‘r g‘oya ekan Premyerani kutaman ❤️
Umid qilamanki original filmdek qiziq bo‘ladi
Dilraba ekranga chiqsa filmni ko‘rmaslikni iloji yo‘q
Ochig‘i eski Qotil futbol darajasiga yetmaydi deb o‘ylayman
Hozir hamma eski filmlardan pul ishlash uchun spin-off qilmoqda
Treyler yomon emas lekin ishonchim komil emas
Original film afsona bo‘lib qolgan Baribir chiqsa ko‘rib baho beramiz Hozirdan maqtashga erta
Zo‘r yangilik
Sport va jangari birga bo‘lsa meniki
Treylerdagi effektlar ham yomon emas ekan Eski filmni sevganlar albatta ko‘radi deb o‘ylayman
Futbolni bunaqa ko‘rsatish faqat xitoyliklardan chiqadi Kutamiz endi
Men originalini ko‘rmagan ekanman Kommentlarni o‘qib qiziqib qoldim
Endi avval eski filmini topib ko‘raman Treyler rang-barang va qiziqarli ko‘rindi
Qizlar bosh rolda bo‘lgani yoqdi ❤️
Premyeradan keyin reytinglarga qaraymiz
Hamma narsa ayollar futboli bo‘lib ketdi-da endi
Lekin syujet qiziq ekan tan olish kerak
Stiven Chou ishlagan bo‘lsa sifatsiz bo‘lmaydi
Hozirgi Marvel filmlaridan ko‘ra shu yaxshiroq chiqishi mumkin
Nostalgiyani qaytaryapti
Ko‘ramiz natija qanday bo‘larkin
Men treylerni ko‘rib kulib yubordim Juda g‘alati va qiziqarli aralashma ekan Futbolmi yoki kung-fumi tushunmadim
Lekin aynan shuning uchun ko‘rmoqchiman
Original film ham juda kulgili edi Do‘stlar bilan birga ko‘rsa zo‘r bo‘ladi
Menimcha bu film kassani portlatadi Osiyoda ayniqsa juda mashhur bo‘lib ketishi mumkin
Sport filmi uchun vizuallari kuchli ekan
Heyterlar yana boshlagan, chiqsin keyin gaplashamiz
Har holda oddiy futbol filmi emasligi aniq
Premyerani kutyapman, umid katta
Uje chiqdi kinoga Xitoyda, kop pul ishladi