Hewlett Packard kompaniyasi o`zining yangi super yupqa “Spectre 13” noutbukini taqdim etdi.
Noutbuk shu yilning may oyidan sotuvga chiqishni boshlaydi. Ekspertlarning aytishicha, yangi noutbuk tashqi ko`rinishi va funktsiya bo`yicha makbuklardan “o`tib ketishi” mumkin. Qalinligi bo`yicha HP peshkadamlik qilmoqda.
HP Spectre 13 ning qalinligi 10,4 millimetr. The Verge nashrining aytishicha, ushbu model` Apple MacBook (13,1 millimetr) va Dell XPS13 (15,2 millimetr) noutbuklariga qaraganda yupqaroqdir. Zamonaviy va chiroyli dizayn o`ziga jalb qiladi va albatta eng qimmat noutbuk safiga kiradi. Noutbukning konfiguratsiyasi: Intel Core i5 va Core i7 protsessor, diagonal 13,3 dyuym, temir korpus, operativ xotira 8 Gb.
Ushbu noutbukning narxi oldindan buyurtma berilganda 1170 AQSh dollarini tashkil qiladi. Yangi maxsulot do`konlarga chiqishi bilan uning narxi 1250 dollargacha ko`tariladi.
Manba: vistanews.ru