Instagram dan yangi ilova

Instagram dan yangi ilova

Facebook ga tegishli bo`lgan Instagram kompaniyasi iPhone smartfonlari uchun yangi Hyperlapse ilovani ishlab chiqardi. Ushbu ilova taymlaps texnikada video olish uchun mo`ljallangan va kadrlar orasida intervalni ko`paytirish qobiliyatiga ega. Ilovaga rasmlarni barqarorlashtiruvchi moslama o`rnatilgan bo`lib, bu esa harakatlangan vaqtida ham videoni qimirlatishsiz olishga imkoniyat beradi.

Hyperlapse ni o`rganib chiqishning xech qanday qiyin joyi yo`q. Unga hattoki ro`yhatdan o`tish ham kerak emas. Video yozuvni boshlash va to`xtatish uchun birgina tugmani bossangiz bas. Video olinganidan so`ng, ko`rsatish tezligini o`rnatsa bo`ladi (1 – 12x). Olingan videolavha bilan Instagram yoki Facebook da bo`lishsa bo`ladi, hamda telefonning xotirasida keyingi montaj uchun saqlash imkoniyati bor.

Hyperlapse qo`llanmasida aytilganidek, taymlapslarni “ayfon” yordamida yaratishi mumkin, oldin esa shu ishni bajarish uchun katta shtativlar yoki boshqa qimmat moslamalar orqali qilingan edi. Ilova orqali, masalan, butun quyosh chiqishini 10 soniyada olsa bo`ladi yoki sevgan xonandaning kontsertini 30 soniyali video qilib saqlasa bo`ladi.

Hyperlapse ning Android – platformasida paydo bo`lishi noaniqligicha qolmoqda. Sababi, Google mobil platformasida kerak bo`lgan (API) kamera va giroskop dasturlarining interfeysi hozircha chiqmagan.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social