iPhone 14 Pro Max va Galaxy S22 Ultra krash-testda solishtirildi (video)

iPhone 14 Pro Max va Galaxy S22 Ultra krash-testda solishtirildi (video)

YouTube’dagi PhoneBuff kanali muallifi ikkita: Apple va Samsung flagmanlarining chidamliligini solishtirishga qaror qildi. Smartfonlar asfaltga turli burchaklardan tashlab yuborilgan va zararlar solishtirildi. Sinovda umumiy to‘rtta tur o‘tkazilgan. Ularning har biri smartfonlar tushgan joy bilan ajralib turadi. iPhone 14 Pro Max ham, Galaxy S22 Ultra ham 1,5 metr balandlikdan uloqtirilgan.

Birinchi tur — orqa tomoni bilan uloqtirish

  • Samsung: bir nechta kichik yoriqlar va ramka shikastlanishi;
  • iPhone: orqa panel butunlay yorilib ketgan va bitta kamera linzalari singan.

Ikkinchi tur — burchakka tushish

  • Samsung: zarba bilan tushgan joyida yoriqlar bor, telefon yaxshi ishlaydi;
  • iPhone: deyarli zararlanmagan

Uchinchi tur — ekran tomoni bilan uloqtirish 

  • Samsung: butun displeyda “o‘rgimchak to‘ri” hosil bo‘ldi, barmoq izlari skaneri ishlamay qoldi;
  • iPhone: shisha burchagi biroz yorilib ketdi.

To‘rtinchi tur — po‘lat panelga tushish

  • Samsung: ekranda ishlamay qolgan piksellar paydo bo‘ldi;
  • iPhone: orqa oynasi sindi.

Blogerning so‘zlariga ko‘ra, telefonlar sinovdan bir xil darajada yaxshi o‘tgan. Ikkala qurilma ham sinov uchun belgilangan 40 balldan 38 ball oldi. To‘rt uloqtirishdan keyin ham qurilmalar yaxshi ishladi.

Kommentlar: 6 komment. 6 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    интересно…

  2. Otabek

    Wun4a pulli telefon tez sinmasligi kerede

  3. Aziza

    Bekorga telefonlani sindirib yubordi boredom

  4. Jasur

    good good

  5. Charos

    unknw

  6. Malik

    Bumagan narsa

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social