O‘qish davrida ruhiy zo‘riqishni oldini olish

O‘qish davrida ruhiy zo‘riqishni oldini olish

Maktabdagi ta’lim, darsdan keyin turli qo‘shimcha to‘garak va sport seksiyalariga qatnashish, uyga kelgach dars tayyorlash bolalarda charchoq, ruhiy zo‘riqishni keltirib chiqarishi mumkin. Buning uchun albatta kun tartibini to‘g‘ri tashkil etish muhim hisoblanadi.

Kundalik turmushimizda turli xil vaziyatlar yuz berishi mumkin. Ba’zan asabiylik, charchoq va ortiqcha diqqat kishini holdan toydirishi mumkin. Buning surunkali davom etishi esa turli kasalliklarga va stressga olib keladi.

Shifokorlarning aytishicha, charchoq, sustkashlik va yaxshi o‘qimaslik tanada temir moddasining tanqisligi bilan bog‘liq. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, temir moddasi yetarli va jismoniy holati yaxshi bo‘lgan talabalar o‘qishda ham darslarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan.

Davomiy ruhiy zo‘riqish inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va turli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Buning oldini olish uchun:

  • kun tartibiga rioya eting;
  • uyga vazifalarni juda kech tayyorlamang;
  •  darslarni tayyorlashda oddiydan murakkabga qarab tayyorlashni rejalashtiring;
  • uyqu me’yorida bo‘lishi lozim;
  • to‘g‘ri ovqatlaning, eng so‘nggi ovqat yotishdan ikki soat oldin bo‘lsin;
  • vazifalarni bajarishni dam olish bilan uyg‘un olib boring;

Har doim ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lish stress holatlarining kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymaydi hamda ko‘tarinki kayfiyat kasalliklarni yo‘latmaydi.

Kommentlar: 13 komment. 13 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Очень важная информацию бу!

  2. Aziza

    Raxmat smile

  3. Otabek

    Zur maqola good

  4. Said

    good good good

  5. Yusuf

    Rahmat

  6. Ergashev

    good zor

  7. Yorqin

    Yaxwi

  8. ......

    assalomu aliykum hammaga yaxshi maqola juda yoqdi

  9. Parizod

    Chiroyli maqolakan

  10. Odina

    Yaxwi yaxwi

  11. Irodaxon

    uqiwdagi qiyin4ilikla salomatlikka zarar yetkazarmikan?

  12. Ibrohim

    foydali maqolala yozarkansila

  13. Odinabegim

    Rahmat, oqiwimga kere buldi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social