iPhone 5 taqdimoti.

iPhone 5 taqdimoti.

Kecha San-Frantsiskoda Apple kompaniyasi o`zining yangi smartfoni iPhone 5 ning taqdimot marosimini o`tkazdi. Nimaga aynan iPhone 5 taqdimoti, sababi ko`pchilik aynan shu smartfonning taqdimotini intizorlik bilan kutishgani shubxasiz va bu taqdimotga kelgan jurnalistlar ham aynan iPhone 5 haqida birinchilardan bo`lib yangilik eshitish uchun tashrif buyurishgan.

Taqdimotda Apple kompaniyasining boshqa maxsulotlari ham ommaga tanishtirildi. Aytish mumkinki Apple mutaxasislari bu maxsulotlaring ustida bir qancha yil ish olib borishgan. Keling endi barcha intizorlik bilan kutgan iPhone 5 imkoniyatlarini ko`rib chiqsak:

Yangi iPhone 5 ning ekrani oldingilarnikiga qaraganda bir muncha kattaroq. Bu esa ekranda bir nechta qo`shimcha ilovalarni qo`shish imkoniyatini beradi. Shunday bo`lsada iPhone 5,  iPhone 4S dan 18% yupqaroq va 20% engilroq.

1iPhone 5 katta tezlikda ma`lumot almashinuvchi 4G LTE tarmog`i modullari bilan jihozlangan.

Yangi ekran 16:9  nisbatiga ega, bu esa ko`proq video fayllarni ko`rish imkonini beradi. Lekin hozirgi kundagi boshqa kompaniya smartfonlari bilan solishtiradigan bo`lsak iPhone 5 ekrani ancha kichik, uning umumiy dioganali – 4 dyuym.

2iPhone 5 da yangi A6 protsessori o`rnatilgan, bu esa ilovalarning ikki baravar tez ishlash imkonini beradi. iPhone 5 ni tanishtirgan Apple ning marketing bo`yicha vitse-prezidenti Fil Shiller bo`lgusi smartfon egalariga iPhone 5 ning batareyalari quvvati iPhone 4S nikiga qaraganda bir qancha  ko`proq vaqtga etishi haqida aytib o`tdi. Aynan batareyalarning ishlash quvvati ko`p vaqtga etmasligi, bu smartfondan foydalanishning noqulaylik taraflaridan biri sanalardi. Endi yangi iPhone 5 kutish rejimida 225 soat, video qurilmalar ishlagan holatda 10 soat, 3Gga ulangan holatda gaplashish sharoitida 8 soat ishlash quvvatiga ega.

iPhone 5 ga o`rnatilgan kamera esa iPhone ning oldingilari, ya`ni iPhone 4S nikiday 8 megapikselni tashkil etadi. Lekin u endi tasvirlarni panorama kilib ham olish imkoniga ega va iPhone 5 kamerasi ustida ishlagan mutaxasislarning takidlashicha, yorug`lik unchallik yaxshi bo`lmagan joylarda ham yaxshi tasvirga olish imkoniga ega.

3

Apple mutaxasislari iPhone 5 da boshqa uskunalar bilan bog`lanish va quvvat berish uchun mo`ljallangan joyini yangilashdi. Undan foydalanish endi ancha qulay.

Yangi smartfon 21 sentyabrda AQSh, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Kanada, Frantsiya, Germaniya, Yaponiya va Singapurda sotuvga tushadi. 28 sentyabrdan esa bu ro`yxatga boshqa davlatlar qo`shiladi.

iPhone 5 uch xil 16, 32 va 64 xotira o`lchami variantida sotuvga chiqadi. AQShda uning ikki yillik shartnoma bilan sotilish boshlang`ich narxi 199 $ ni tashkil etadi.

4Apple kompaniyasi har doyim o`zi ish olib borayotgan yangi uskunasini, taqdimot marosimigacha sir saqlashga harakat qilib kelgan. Aytish mumkinki buning uddasidan ham chiqib kelgan. Lekin iPhone 5 taqdimoti kunigacha internetda u haqida etarlicha ma`lumot chiqqan va bu taqdimot marosimida aytarlicha yangilik bo`lmagan.

Kommentlar: 8 komment. 8 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. hi-tech

    мммддаааа, бу сафарги такдимотда Appleнинг иши юришмаганлиги яккол куриниб турибди, айтарлича янги нарсаларни курмаяпман

  2. Зохид

    тугри, манимча Стив Джобснинг урни билиняпти, у буганда бошкача буларди

  3. Maftuna

    Zohid – bir odamning o’rni Apple dek kompaniya uchun shunchallik bilinyapti deb o’ylaysizmi?

  4. Номаълум

    Samsung rulit!

  5. Номаълум

    zakazlar voobshem qilgan bulsalar kerak

  6. avakhabov

    agar galagrammali iphone chiqqanda, bu haqiqiy sensatsiya bo’lardi

  7. JafarbekUz

    Meni Nokia 1280 bundan ko‘pga yetadi iphonni zaryadiga . Zaryad 2 soatga yetmaydi smile

  8. Asilbek2005chiroqchi

    Bittanarsa zaryad bumaydi shunga etibor berish kerak aplle

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social