O`zbekiston va Janubiy Koreya!

O`zbekiston va Janubiy Koreya!

Bugun milliy terma jamoamiz 2014 yil Braziliya maydonlarida bo`lib o`tadigan futbol mundiali uchun saralash 4-bosqich 4-tur o`yinlari doirasida Toshkentdagi «Paxtakor» stadionida Janubiy Koreya terma jamoasini qabul qiladi.

Terma jamoamiz o`tkazilgan oldingi uchrashuvlarda guruhdagi vaziyatini ancha qiyin axvolga solib qo`ydi. Endi bu yog`iga jamoamizdan faqat g`alaba talab qilinadi.

Bugun terma jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov jamoa tarkibini e`lon qildi. Bu ro`yxatda Odil Ahmedov va Aziz Haydarov ismlari yo`q. Ular jarohatlari tufayli terma jamoamizga yordam bera olishmaydi.

So`zsiz bugungi kunda terma jamoamizning eng kuchli chizig`i – bu yarim himoya. Garchi Koreyaga qarshi o`yinda Odil Ahmedov va Aziz Haydarov yordam bera olishmasada, ularning o`rnini bosadigan futbolchilar etarli. Bu chiziqda Server Jeparov, Temur Kapadze, Lutfulla To`raev bor.

Janubiy Koreya termasiga qarshi o`yinga tushishi mumkin bo`lgan futbolchilar:

O`zbekiston terma jamoasi tarkibi:

Darvozabonlar – Murodjon Zuhurov (“Nasaf”), Sardor Qobuljonov (“Buxoro”), Ignatiy Nesterov (“Bunyodkor”).

Himoyachilar – Anzur Ismoilov (“Changchun Yatai”, Xitoy), Islom To`xtaxo`jaev (“Lokomotiv”), Artyom Filiposyan (“Bunyodkor”), Islom Inomov (“Lokomotiv”), Akmal Shorahmedov (“Bunyodkor”), Stanislav Andreev (“Paxtakor”).

Yarim himoyachilar – Server Jeparov (“Ash-Shabob”, Saudiya Arabistoni), Temur Kapadze (“Aktobe”, Qozog`iston), Lutfulla To`raev (“Bunyodkor”), Fozil Musaev (“Nasaf”), Sanjar Tursunov (“Alaniya”, Rossiya), Jasur Hasanov (“Buxoro”), Jasur Hasanov (“Bunyodkor”), Vagiz Galiulin (“Nefteximik”, Rossiya), Shohruh Gadoev (“Nasaf”), Vadim Afonin (“Sho`rtan”).

Hujumchilar – Aleksandr Geynrix (“Aktobe”, Qozog`iston), Marat Bikmaev (“Aktobe”, Qozog`iston), Ulug`bek Baqoev (“Irtish”, Qozog`iston), Vladimir Shishelov (“Nasaf”).

Ha, liboslar borasida: O`zbekiston milliy terma jamoasi oq libosda to`p suradi, Janubiy Koreya esa qizil libosda.

Umid qilib qolamizki, bugun futbolchilarimiz bor imkoniyatlarini ishga solib, bizga ajoyib g`alabani tuxfa etishadi. Shu qatorda barcha futbol muxlislarini, qolaversa barcha yurtdoshlarimizni, millliy terma jamoamizni birgalikda qo`llab quvvatlashga chaqiramiz.

Kommentlar: 8 komment. 8 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Adham

    Olg’a Uzbekiston! Biz Sen bilan!

  2. Gol

    Давай Узбекистон, олга. Биз сенга ишонамиз. Ишкилиб шарманда кимагин, оган билетларимиз куйиб кетмасин

  3. uz_boy

    агар бугун ютказишса, бошка стадионга тушмийман, таки так факат давления билан кайтиб келаман хар сафар

  4. Gol

    дурранг бугандан ютказгани яхшийди

  5. Adham

    nimaga bunday deyapsiz GOL? ahir O’zbekistonda hali guruhdan chiqish imkoniyati bor emasmi?

  6. Gol

    канака имконият хакида гапиряпсиз Атхам, энди имконияти йук, футболчилар энди уйнаса факат узлари учун “номигагина” уйнайдилар, а так хаммаси тугади, расво булди

  7. Azim

    Doimgidey qovunni kottasini tushurishdimi o’g’lonlarimiz?

  8. Бахром

    тугри, хар дойимгидек ковун тушуришди, бечора мухлисларга рахмим келади, улар хар сафар кандай умидлар билан стадионга тушушадию, футболчиларимиз эса ……

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social