9-sentyabr` kuni Apple kompaniyasi navbatdagi taqdimotini o`tkazdi. Ushbu taqdimot vaqtida Apple yangi iPhone modellarini, «aqlli» qo`l soati Apple Watch, yangilangan operatsion tizim iOS 8 va shaxsiy Apple Pay to`lov tizimini taqdim etdi.
Apple taqdimoti Kupertinoda «Flint-tsentr»da bo`lib o`tdi, u erda bir vaqtlarda Macintosh komp`yuterining taqdimoti o`tkazilgan edi. Marosimni korporatsiya rahbari Tim Kuk ochib berdi va u boshida iPhone ning ikki yangi versiyalarini iPhone 6 va iPhone 6 Plus larni namoyim qildi.
iPhone 6 va iPhone 6 Plus
Kompaniya byudjetli modellarni ishlab chiqarish g`oyasidan voz kechdi va e`tiborini Samsung bilan raqobatga qaratgan desa ham bo`ladi. Yangi Apple smartfonlari bir biridan o`lchamida farq qiladi. Ekran diagonali 4,7 va 5,5 dyuym, bu esa oldingi iPhone 5S (4 dyuym) smartfonidan kattaroq diagonal` deganidir.
Yangi smartfonlar iPhone 5 dan ko`ra dumaloq shaqlga ega, o`tkir burchaklar esa yo`q. Yangi Retina-displey esa 1334×750 ruxsati iPhone 6 uchun va 1920×1080 Plus versiyasi uchun. Moslama uch hil, kumush, kulrang va oltin ranglarda chiqariladi. iPhone 6 ga A8 protsessor o`rnatilgan, uning ishlash kuchi birinchi iPhone dan 50 baravar kuchliroq, hamda yangi iPhone 6 atmosfer haroratini tekshirish uchun barometr, ma`lumotlarni jo`natish uchun LTE-chipi o`rnatilgan va Wi-Fi ulanish tezligi oshirilgan. Yangi iPhone 6 iOS 8 operatsion tizimida ishlaydi va unda ko`p yangi funktsiyalar paydo bo`ldi.
Tim Kukning e`tirof etishicha, yangi iPhone 6 ekologik toza maxsulot: displeyda simob va margimush moddalaridan foydalanilmagan. Smartfonda berilliy ham yo`q, ular allyuminiydan qilingan va keyinchalik ularni qayta ishlasa bo`ladi. Apple iPhone 32 GB versiyasidan voz kechgan. Endi smartfonlar 16 GB, 64 GB va 128 GB xotira hajmiga ega bo`ladi. Yangi smartfonlarga buyurtma 12-sentyabrdan boshlanadi, sotuvga esa 19-sentyabrdan 9 mamlakatlarda chiqadi.
Apple Pay
Yangi iPhone taqdimotidan so`ng, kompaniya o`zining shaxsiy to`lov tizimini taqdim etdi. Ushbu tizim smartfonni bank kartalar o`rniga ishlatishga imkoniyat beradi. To`lovni bajarish uchun smartfonni PayPass terminal oldiga olib borib va barmoq izlar identifikatsiyasidan o`tish kerak bo`ladi. Apple to`lov tizimni iTunes va App Store bilan birlashtirmoqchi. Yangi kartani kiritish uchun uni shunchaki rasmga tushursa bo`ldi. Apple Pay to`lov tizimi AQSh da boshlanadi, u American Express, MasterCard va Visa kartalar bilan ishlaydi. Boshqa davlatlarda ishga tushirish sanasi belgilanmagan.
Apple Watch
Taqdimotning ohirida kompaniya yangi mahsulotini taqdim etdi – «aqlli» qo`l soati Apple Watch. Ular sotuvga 2015-yilda $349 narxda sotuvga chiqariladi. Apple Watch ikki o`lchamda bo`ladi, yuqori sifatli Retina-displeyga ega bo`ladi, hamda soat ovozli boshqaruv Siri tizimga ega bo`ladi, u orqali siz xabarni matnli ko`rinishga, kalendar tekshirga va qidiruv tizimidan foydalansangiz bo`ladi. Soat simsiz elektr quvvatlantiriladi va Apple Pay to`lov tizimi bilan ishlashi mumkin. Soatlar zanglamaydigan temirdan alyuminiy va oltindan tayyorlangan.
IPhone nafaqat brend balki sifatiga javobam beradi uwan4un odamla hozirdan navbatta turiwibdi
narxlari hawida malumot yumi?
bizada ancha qimmat bo’ladi 12000 bsa kere
amerikadagi narxlarni bildim ancha arzon ekan, lekin operator bilan ikki yilik kontrakt tuzish kerak? nima uchun? barbir keyingi yil yangi iPhone chikadi
apple iphone ni qoganini aloqa operatorlaridan undirib oladi, bizada ula ancha qimmatga sotilishi aniq, sababi oddiy-aloqa operatorlarimiza ishonch yuq
bizda chiqsa 700-800$ bulsa kerak. blin qimmat buladi karoche
Zor