iphone va sog`liq!!!

iphone va sog`liq!!!

Kasalxonaga bormasdan qon bosimini tekshirishning imkoni bormi?

Ha, buning imkoni bor. Hozirgi kunda sizning salomatlingizni komp`yuter va mobil` uskunalar kuzatib borishi mumkin.

Meditsinaning  yuqori saviyaga ko`tarilib borayotganiga qaramasdan, ba`zi bir kasallarni tez va samarali davolay olmayapti. Ammo yangi ixtiro qilinayotgan uskunalar yordamida uydan chiqmasdan o`z salomatligingizni ko`zatib borishingiz mumkin. XXI asr texnologiyalari qon bosimini, yurak chastotasi qisqarishi va qon tarkibidagi qand moddasining darajasini mobil` uskunalar hamda shaxsiy komp`yuterlar yordamida aniqlash imkoniyatini beradi. Poliklinikada navbatda turmasdan, hamda kam harajat sarflagan holda, uy sharoitida qon tarkibini tekshirishingiz mumkin.

Withing dan Tonometr

2011 yilning yanvar` oyida Withings kompaniyasi (www.withings.com/ru) iPhone ga tonometr ishlab chiqardi. Bu manjet yordamida qon bosimi va yurak urushini tekshirish mumkin. Gadjet smartfonga zaryad berish porti orqali ulanib, smartfondan ekran sifatida, hamda ma`lumotlarni saqlash uchun foydalaniladi. Bu ma`lumotlarni saqlabgina qolmasdan, oldingi tashxis natijalari bilan solishtirishingiz, hamda bu ma`lumotlarni Microsoft Health Vault va Google Health serverlariga jo`natishingiz mumkin.

ESA dan Naushniklar

Evropa kosmetika agentsvosi (www.esa.int) naushniklardan qo`llanishning yangi usulini topishdi: endi bu naushniklar yordamida yurak urushini o`lchash mumkin. Naushniklar iPhone uchun ixtiro qilingan bo`lib, ular quloq teri va pardasi orqali yurak urushi chastotasini  tekshiradi. Bundan foydalanish juda oson, naushniklarni qulog`ingizga qo`ying va o`zingizga yoqqan musiqani eshitishni boshlang. Uskunadagi maxsus dastur olingan ma`lumotlarni ekranga chiqaradi va ularni saqlab qo`yadi. Yaqin kelajakda ESA shunga o`xshash yangi uskunalar chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu uskunalar yordamida salomatligingiz uchun muhum bo`lgan boshqa qo`rsatkichlar, ya`ni tana harorati, qon bosimi, qolaversa qon tarkibidagi kislorod foizini aniqlash imkoniyatiga ega bo`lasiz.

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Nishtyak

    Mana buni tehnika desa bo’ladi. Gap yo’q.

  2. а

    Опппа! Вобшем зўр нарса. Айфонга гап йўқ. Стив Джобсга катта рахмат.

  3. Нигора

    мана iPhone нинг яна бир афзаллик тарафи, унга булган қиззиқишим янада ошди, мана буни телефон деса булади

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social