Kichkina kompyuterlar dunyosida revolyutsiya

Intel kompaniyasi yangi platforma ishlab chiqdi. U endi alohida emas, balki butun bir komp`yuter to`plami sifatida sotiladi. Bu yangi platforma Intel NUC deb nom oldi.

Intel NUC(Next Unit of Computing — «yangi avlod komp`yuter bloki») – ni kichkina komp`yuter sohasidagi xaqiqiy o`zgarish desa bo`ladi. Bu platforma gabariti – 10×10 sm, bu esa unga yaxshi ishlaydigan platforma bo`lib qolishiga hech ham xalaqit bermaydi. Platformada Ivy Bridge oilasiga mansub grafik adapteri HD 4000 bilan birlashtirilgan Intel Core i3 protsessori o`rnatilgan. Yana kompyuter operativ xotira uchun ikkita SO-DIMM sloti,   M-SATA-sloti, SSD-to`plagich, uchta USB-porti va mini-PCI interfeysiga ega.

1 

Hozirgi vaqtda miniatyur komp`yuterlarga “nettop”lar kiradi – lekin bu “nettop” larning eng katta kamchiligi passiv muzlatkichlar hisoblanadi, asosiy ustunliklari esa Intel Atom protsessori o`rnatilganligidadir. Ammo ularning xajmi NUC taqdim etgan platformadan ikki baravar katta.

Kompaniya platformaning ikkita versiyasini ishlab chiqarmoqchi, ulardan bittasi albatta Thunderbolt interfeysiga ega bo`ladi, ikkinchisi esa — tarmoqqa ulanish uchun Ethernet raz`emiga ega bo`ladi. Intel NUC platformasi o`zining katta bo`lmagan interfeysi tufayli, interaktiv terminallar uchun ishlab chiqarilgan edi, lekin ommaning katta qiziqishini inobatga olib, oddiy foydalanuvchilar uchun ham ishlab chiqariladi. Platformaning narxi $399 AQSh dollariga teng bo`ladi, ammo Intel ning OEM-hamkorlari o`zlarining yuqori bo`lgan narxlarida ham ishlab chiqarishlari kutilmoqda.

Kommentlar: 4 komment. 4 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Shokir

    Gadjet yahshi lekin narhi qancha?

  2. Lola

    Шокир нархини ёзиб куйишибдию 399$ деб, манимча сиз унчалик этиборсиз укидизми дейман

  3. zohid

    bu kompyuterlar bizani banklada bor emasmi uje, man bir nechta banklarda kurudim, lekin ulani markasi HP bo’sa kere

  4. Номаълум

    da neploxo pridymali )))

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social