Ko`pchilik komp`yuter o`rganishni boshlaganida komp`yuterdan foydalanish qoidalariga e`tiborsizlik bilan qarashadi, keyin nimadir o`xshamay qolganida esa nolishadi. Aynan mana shunday foydalanuvchilarning komp`yuterlarida noadatiy holatlar kuzatiladi. Shunday komp`yuterlarning oldiga kelganingda ishni nimadan boshlashniyam bilmay qolasan, komp`yuter shunday holatga keltirilgan bo`ladiki, hatto shu komp`yuterga teginishing ham kelmaydi. Bunday holatga tushmaslik uchun esa bir qancha qoidalarga rioya qilish zarur. Bunday qoidalar juda ko`p, lekin biz komp`yuterdan to`g`ri foydalanishning 5 ta eng muhim qoidalarini aytib o`tamiz. Bu qoidalar yangi foydalanuvchiniyam, komp`yuter ustalariniyam har qanday noxush holatlardan bir oz bo`sayam saqlaydi. Qoidalar juda oson va tezda esda qoladi, agar eslab qolishning uddasidan chiqaolmasangiz, bu qoidalarni qozog`ga tushurib, komp`yuter oldiga qo`yib qo`ysangiz bo`ladi.
Birinchi qoida: komp`yuterni to`g`ri o`chirish
Komp`yuterni to`g`ri o`chirish uchun “Pusk” – “Viklyuchenie” – “Viklyuchenie” tugmasini bosish kerak, keyin Windows o`z ishini tugatib komp`yuter o`chgunga qadar kutish lozim. Faqat shundan keyingina komp`yuterni to`qdan ajratish kerak. Komp`yuter ishlab turganida uni tokdan ajratishga yo`l qo`ymaslik kerak. Agar Siz dazmolni, chaynikni yoki televizorni shunday tarzda o`chirishga o`rgangan bo`lsangiz, komp`yuter bilan bunday qilishga tavsiya etilmaydi.
Ishlab turgan komp`yuterda juda ko`plab jarayonlar, yoki dasturlar ishlab turgan bo`ladi, komp`yuterni o`chirishdan oldin aynan mana shu jarayon yoki dasturlarning ishini tugatish yoki to`xtatish zarur. Agar komp`ter ishlab turgan vaqtida uni elektr tokidan ajratsangiz, shu bilan komp`yuteringizni keyingi safar ishga qo`shmoqchi bo`lganingizda umuman yonmasligi mumkin, keyin butun tizimni va kerakli bo`lgan dasturlarni boshqattan yuklashingizga to`g`ri keladi.
Ikkinchi qoida: Ma`lumotlaringizni “rabochiy stol” yoki “Moi dokumenti” da saqlashga maslahat berilmaydi.
Esda tuting, komp`yuter ko`shilganidan keyin paydo bo`ladigan foydalanuvchining ishchi stoli va “Moi dokumenti” qimmatli bo`lgan ma`lumotlarni saqlashga bo`lmaydi. Ha, foydalanuvchini tushunsa bo`ladi, aynan ishchi stol flekadan yoki diskdan kino yoki boshqa ma`lumotlarni ko`chirib qo`yish uchun juda qulay joy. Savol tug`iladi, nimaga ma`lumotlarni ishchi stolda saqlashga bo`lmaydi? Sababi shuki, agar komp`yuteringizga virusdan zararlanib yonishni istamasa, kerakli bo`lgan ma`lumotlaringizni yo`qotishingiz ehtimoli yuqori bo`ladi. Bazi hollarda esa Windows tushunarsiz sabablarga ko`ra yaxshi ishlamaydi va shu hollarda ishchi stolning bo`sh holatiga guvoh bo`lasiz. Ishchi stolda nima saqlash mumkin? Javob – dasturlarning yarliklari (lekin dasturlarning asl o`zini emas), yo`qolib qolishidan xafa bo`lmaydigan vaqtinchilik fayllar.
Uchinchi qoida: Antivirus o`rnatilgan bo`lishi kerak.
Internet kerakli va keraksiz ma`lumot, o`z navbatida esa zararli dastur va viruslar bilan to`lib borayotgani sabab, foydalanuvchilarda komp`yuterni himoya qilish zarurat to`g`iladi. Bunday ma`lumotlarni ko`pchilikda o`qib o`tirish uchun vaqt yo`q, shu sabab, bunday holatlardan himoyalanish uchun, komp`yuterda “antivirus” dasturi o`rnatilgan bo`lishi shart. Eslatib o`tamiz, “antivirus” faqatgina bir qism muammoni hal etish mumkin, agar siz to`qtovsiz tarzda xavfli internet saxifalarga tashrif buyurishni davom etsangiz, xech qaysi bir “antivirus” sizning komp`yuteringizni himoya qilaolmaydi.
To`rtinchi qoida: Dasturlarni to`g`ri o`rnatish.
Dasturlarni va o`yinlarni to`g`ri o`rnatishni o`rganing. Ya`ni, ularni kerakli joyga o`rnating. “Windows” dasturi foydalanuvchiga dastur va o`yinlarni istalgan joyga o`rnatish imkonini beradi, lekin shunday tartib borki, unga amal qilsangiz, komp`yuteringizni tezda ishdan chiqishidan saqlaysiz. Dasturlar S: diskda “Program Files” papkasiga o`rnatiladi. Xar bir dastur uchun alohida papka yaratiladi. Xuddi shu narsa o`yinlargayam tegishla, lekin ular D: diskda “Igri” yoki “Games” papkalariga o`rnatiladi. Xar bir o`yin uchun shu o`yin nomi bilan alohida papka yaratilib, shu papka ichiga o`rnatilish tavsiya etiladi.
Beshinchi qoida: Fayllar tartibi.
O`zingizni komp`yuterda tartib olib borishga o`rgating. Kerakli bo`lgan ma`lumotlaringiz uchun D: yoki (S: diskdan tashqari) boshqa disk bo`limlarida papkalar yaratib, shu papkalar ichida saqlang. Sababi S: disk – bu tizim diski hisoblanadi, agar komp`yuteringiz tizimini yangidan yuklashga to`g`ri kelgan paytda, oldin S: diskni formatlash tavsiya etiladi. S: diskni formatlanganidan keyin esa, unda xech qanday fayl qolmaydi. Agar misol uchun sizda juda katta kino kollektsiyangiz bo`lsa, uni janrlari, yoki yillariga qarab ajratib papkalarga saqlab qo`ying. Bu esa ham sizga, ham komp`yuteringizga foydali.
Shu kabi kerakli bo`lgan qoidalar juda ko`p. O`zingiz ham bu qoidalarga o`zingiznikini qo`shib qo`ishingiz mumkin. Komp`yuterdan to`g`ri foydalanish – hozirda bu barchaning bilish kerak bo`lgan qoidalar qatoriga kiradi.
zachem pravila ))) eto vsego lish texnika,kajdiy ispolzuet kak udobna
бу жуда осонку ва жуда кулай
янги фойдаланувчилар учун маслахат, компьютерни урганишга тушган бусангиз биринчи навбатда компнинг бузулиб колишидан курманг, ишлайверинг, урганаверинг, бузулган компни албатта тузатиш мумкин
ишкилиб портлатиб юбормейла