Levi’s va ATAP Ilg’or tehnika va loyihalar kompaniyalari (Google korparatsiyasining bir qismi) aqlli kiyim ishlab chiqarishadi. Ushbu aqlli kiyim orqali qo’ng’iroqlarga javob berish, SMS yuborish va musiqalarni boshqarish mumkin ekan.
Moslama oddiy jinsi ko’ylak kabi ko’rinadi va qurilma ATAP muhandislari tomonidan tayyorlangan “aqlli” kiyim uchun maxsus platformadan yaratilgan. Bunday matto tach-sensorlar bilan ishlaydi, chap yengda joylashgan sezgir moslamani barmoqni ikki marotaba teginish bilan ishlatish mumkin.
Yeng ichida o’rnatilgan moslama smartfon bilan simsiz ulanadi. Kurtka xavfsiz kir yuvish mashinasida yuvish mumkin, lekin Bluetooth-uzatuvchi “cho’ntak”ni yechib qo’yish kerak bo’ladi.
Yangilik shahar aholisi, fotograflar, velosiped va boshqa ishqibozlari uchun mo’ljallangan. Bu sizga “iPhone” va Android-qurilmalarda imo-ishoralar bilan musiqa boshqarish imkonini, (Apple Music, Spotify, Google Play Music, Amazon Music qo’llab-quvvatlaydi), qo’ng’iroqlarga javob berish, yo’l ko’rsatmalarini olish va ogohlantirishlarni kuzatishga yordam beradi. Yangilik 350 dollarni tashkil qiladi.