Telegram 10 yoshda!

Telegram 10 yoshda!

Telegram ishga tushirilganiga o‘n yil to‘lgani munosabati bilan ijtimoiy tarmoqdagi stories qo‘yish funksiyasi asta-sekin barcha foydalanuvchilar uchun ochiq bo‘ladi. Bu haqda ijtimoiy tarmoq asoschisi Pavel Durov ma’lum qildi.

“Bugun stories funksiyasinining qadamba-qadam barcha foydalanuvchilarga ochilishi Telegram tarixida yangi bosqich boshlanganini anglatadi. O‘tgan o‘n yillik hayajonli bo‘ldi, keyingi 10 yil esa Telegram o‘zining haqiqiy imkoniyatlarini ochib beradigan davr bo‘ladi”, — deb yozdi Durov.

Stories funksiyasini Durov iyun oxirida e’lon qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, dastlab kompaniya bunday funksiyani qo‘shishni istamagan, biroq foydalanuvchilar buni talab qilgan.

Iyul oyida Stories funksiyasi faqat premium obunachilari uchun ochiq bo‘ldi.

Telegram’da stories funksiyasining xususiyatlari

Instagram’dan farqli ravishda stories turadigan vaqtni o‘zingiz tanlashingiz mumkin: olti soatdan 48 soatgacha. Telegram’ga Stories joylagandan so‘ng ham uni tahrirlash imkoni bor, ya’ni videolarni kesish, qo‘shimcha matn kiritish mumkin. Stories’ga 60 soniyagacha uzunlikdagi videolarni qo‘yish mumkin.

Shuningdek, siz joylagan Stories’ni kimlar ko‘rishini ham tanlay olasiz. Boshqa foydalanuvchilar sizning profilingizdagi Stories’ni saqlab olishi, skrinshot qilishi yoki ulashishi mumkin. Ammo buni cheklash tugmasi ham bor.

Kommentlar: 16 komment. 16 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Ура

  2. Нозим

    Нихоят

  3. Quyomadim sad

  4. Тимур

    Халли обновления чиккани йук

  5. Шухрат

    Менда халихам чикмади sad

  6. O’zbekistonda ishlamadi hali ham

  7. Eh… sad

  8. Qachondir bizagayam yetib kelar

  9. Haliyam yuuuu sad

  10. Qachon bizda ham qo’ysa bo’ladi?

  11. Zorku

  12. Yolg’on

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social