Microsoft ning ovozli yordamchisi endi Android da bo`ladi

Microsoft ning ovozli yordamchisi endi Android da bo`ladi

Microsoft kompaniyasi Android smartfonlari uchun “Torque 2.0” ilovani ishlab chiqardi va u “aqlli yordamchi” Google Now ga o`xshab ketadi. Torque ning asosiy imkoniyati bu xizmatni yoqish uchun smartfonni silkitish kerak bo`ladi.

Torque ning ishlash printsipi ko`pincha Google Now ni kaytaradi. Mazkur xizmat ob-havo, narhlar, sport natijalari, aviareyslar, yaqin restoranlar va boshqa narsalar haqida ovozli javoblarni berishi mumkin. Ma`lumotlarni esa Microsoft ga tegishli bo`lgan Bing servisi etkazib beradi.

TechCrunch jurnalistlari Torque ning ishlab chiqarilishi muxim bir qadam deb hisoblashadi. Bu Microsoft ning raqib platformalar bilan o`zining ekotizimini kengaytirish qarorini ko`rsatadi. Ushbu ilovani bepul Google Play dan yuklab olish mumkin, biroq u xozircha rus tili bilan ishlamaydi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social