Microsoft kompaniyasi Google, Facebook va SpaceX kompaniyalari bilan birga butun dunyodagi insonlarga internet etkazib berishga harakat qilmoqdalar. Microsoft ozgina boshqacha yo`lni tutishga qaror qildi va internet uchun arzon telefonlarni yaratishni boshladi.
Yangi Nokia 215 telefonlari ikki hilda ishlab chiqariladi ya`ni bir va ikki SIM-kartali moslamalardir. Moslamaning boshlanish narxi $29 etib belgilangan. Microsoft da yangilikni “internet uchun eng qulay telefon” deb nomlashdi. Biroq aytib o`tish joizki, Nokia 215 ning ikki versiyasi ham 2G tarmoqda ishlaydi va bu esa bugungi kunlar uchun achinarli holatdir.
Moslamalar maxsus internet uchun yaratilgan, ular Facebook va messendjer, Twitter va Opera Mini Bing qidiruvi bilan jihozlangan. Buning hammasi OS Windows Phone operatsion tizimda emas, aksincha Series 30+ platformada ishlaydi. Microsoft ning ta`kidlashicha, bitta SIM-kartali telefon qo`shimcha zaryad qilishsiz 29 kungacha ishlashi mumkin, ikkita SIM-kartali telefonlar esa bir zaryadda 21 kun ishlashlari mumkin.
Telefonda MP3-pleer, FM-radio, fonar va 0,3 megapiksellli kamera o`rtanilgan. Nokia 215 32 Gb hajmli SD-kartalari bilan ishlashi ham mumkin.
Nokia byudjetli telefonlarning sotilishini 2015-yilning birinchi bo`limida Evropa, Osiyo, O`rta Osiyo va Afrika davlatlarida boshlanadi.