Mish-mish: “Galaxy Note 8” 23-avgust kuni taqdim etiladi

Mish-mish: “Galaxy Note 8” 23-avgust kuni taqdim etiladi

Samsung o’zining asosiy raqibidan o’tib ketishga umid qilmoqda. Samsung ga yaqin manbalarga ko’ra, Janubiy Koreya kompaniyasi Galaxy Note 8 taqdimotini sanasini siljitishga rejalashtirilgan. Taqdimot 23-avgust kuni Nyu-Yorkda bo’lib o’tadi, bu oldingi sanadan bir necha hafta avvalroq bo’ladi.

Avval smartfonni IFA 2017 ko’rgazmasida taqdim etmoqchi edilar va ko’rgazma 1- dan 6-sentyabrgacha bo’lib o’tadi. Kompaniya Galaxy S8 yomon savdosi tufayli sanani o’zgartirishga majbur bo’lishdi.

Shunday qilib, Samsung yangi smartfonga e’tiborni jalb etmoqchi va uning asosiy raqobatchisini Apple ning iPhone 8 ni orqada qoldirish niyatida.

Avvalroq Galaxy Note 8 – 6,3 dyumli bukilgan ramkasiz displey, 6 GB operativ xotira, 64 yoki 128 GB ichki xotira, Snapdragon 835 protsessorga ega bo’ladi degan ma’lumotlar paydo bo’lgan edi. Smartfonda ko’z skaneri, 3300 мАч akkumulyator va microSD kartalar uchun joy bo’lishi mumkin ekan.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social