Apple 22 oktyabr` kuni iPad va iPad mini planshetlarining yangi avlodini namoyish etadi

Apple 22 oktyabr` kuni  iPad va iPad mini planshetlarining yangi avlodini namoyish etadi

All Things Digital nashrining xabarlariga ko`ra Apple kompaniyasi o`zining navbatdagi taqdimot marosimi uchun jurnalistlarga takliflnomalar jo`natishni boshladi. Ushbu marosim 22 oktyabr`, seshanba kuni San-Frantsiskoda bo`lib o`tadi. U mahalliy vaqt bilan ertalab soat 10:00 da Toshkent vaqti bilan kechki soat 22:00 da boshlanadi.Tadbir taklifnomasida turli tomonga uchib ketayotgan har xil rangdagi yaproqchalar tasvirlangan. Surat iOS 7 operatsion tizimi uslubida ishlangan.

Surat ostida esa «We still have a lot to cover» («Bizda hali ham aytadigan narsalar bor») yozuvi bor. Qayd etish joiz, «cover» so`zi ingliz tilida planshetga mo`ljallangan g`ilof ma`nosini ham anglatadi.

An`anaga ko`ra, Apple bo`lajak taqdimotda aynan nima namoyish etilishini oldindan ma`lum qilmaydi. Biroq jurnalistlar taxminiga ko`ra, Apple kompaniyasi iPad va iPad mini planshetlarining yangi avlodini namoyish etadi. Mish-mishlarga ko`ra, «katta» iPad nisbatan yupqa va engil bo`ladi, shuningdek, 64-bitli A7 protsessori bilan ta`minlanadi. Xuddi shunday protsessor sentyabr` oyida taqdim etilgan iPhone 5s’da ishlamoqda. iPad mini esa ajrata olishi yanada yuqori bo`lgan ekran bilan ta`minlanadi. Ba`zilarning taxminicha, kompaniya planshetlarga barmoq izi skanerlarini ham o`rnatishi mumkin.

Apple 22 oktyabr` kuni Mac komp`yuterlari uchun mo`ljallangan OS X 10.9 Mavericks operatsion tizimi chiqadigan sanani e`lon qiladi va Macbook Pro noutbuklari yangi avlodini ham namoyish etadi.

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. jahon

    cover – tarjimada “yopish” bulmidi???

  2. Исмингиз

    manimcha xar kuni dunyoda bir nechta yangi planshetlarni uylab topishadilar!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social