Birinchi o`yin, birinchi g`alaba!

Birinchi o`yin, birinchi g`alaba!

Xabaringiz bor, BAAda 3 noyabr` kuni 19 yoshgacha bo`lgan yoshlar o`rtasida Osiyo chempionatiga start berildi. Osiyo chempionati Ras al-Xayma va “Fujeyra” shaharlarida 3-17 noyabr` kunlari bo`lib o`tadi.

Kecha, musobaqaning ikkinchi kunida “S” va “D” guruhlarida 1-tur uchrashuvlari bo`lib o`tdi.

S guruhda kechgan uchrashuvda Ahmadjon Musaev boshchiligidagi mamlakatimiz terma jamoasi V`etnam yoshlariga qarshi o`zlarining dastlabki bahslarini o`tkazishdi va 4:0 hisobida ishonchli tarzda chempionatdagi birinchi g`alabasiga erishdi.

O`yinning birinchi bo`limi 28-daqiqasida Maksimilian Fomin V`etnam jamoasi darvozasiga birinchi golni yo`lladi. Birinchi bo`limga qo`shib berilgan daqiqalarda esa Igor` Sergeev hisobni 2:0 ko`rinishiga olib keldi. Shunday qilib jamoalar 2:0 hisobida tanaffusga chiqishdi.

Ikkinchi bo`limni jamoamiz futbolchilari ancha hotirjam boshlashdi. Futbolchilarimizning xatti – harakatlarida hotirjamlik va ishonch sezilib turardi. Tablodagi 2:0 hisobiga qaramasdan V`etnam terma jamosi ham jamoamiz darvozasi oldida bir nechta xavfli xujumlarni tashkil etishdi. Biroq jamoamiz baxtiga V`etnamlik futbolchilar o`z urunishlarini samarali yakunlay olishmadi.

Uchrashuvning 79-daqiqasiga kelib uchrashuvdagi 3 gol ham kiritildi, bu gal ham Igor` Sergeev yana bir to`p kiritib, hisobni yirik ko`rinishga olib keldi. Hakam tomonidan asosiy vaqtga qo`shib berilgan daqiqalarda esa Timur Hakimov ham o`z nomini tabloga yozdirib qo`ydi.

Bizga ajoyib g`alaba tuxfa etganlari uchun butun jamoaga minnatdorchilik bildiramiz va jamoamizga chempionatdagi keyingi uchrashuvlarida omad tilaymiz!

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Bilol

    O’zbekiston Olg’a!!!! Barakalla yoshlar!!!!

  2. nodir

    blin bizda faqat yoshlar yaxshi uynashadi futbol,nukul kurasan U16 yoki U19 yoshlari yutib keladi!

  3. Номаълум

    javob uzbekiston U19 yoshlar jamoasi chempion buladi!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social