MTS abonentlari 10 kunga aloqasiz qolishadi!

O`zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligining 2012 yil 17 iyuldagi №19-L sonli buyrug`i bilan MChJ shaklidagi “O‘ZDUNROBITA” XKning litsenziyasi to`xtatildi.

Rasmiy bayonotda ma`lum qilinishicha, “Alohida faoliyat turlarini litsenziyalashtirish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga binoan nazorat qiluvchi organning ko`rsatmalarini bir necha bor va muntazam ravishda qo`pol buzish, ularni bajarmaganlik uchun 2012 yil 17 iyul` soat 18:00 dan boshlab, MChJ shaklidagi “O‘ZDUNROBITA” XKga 28.07.2004 yili berilgan AA №0000682 seriyasidagi litsenziya 10 ish kuniga to`xtatiladi.

Shu munosabat bilan yuqoridagi muddat ichida korxona litsenziyada ko`rsatilgan mobil radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, foydalanish va xizmatlar ko`rsatish bilan shug`ullana olmaydi.

Kommentlar: 9 komment. 9 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Хужа

    баттар бусин, мтсси тухуми ёрилди

  2. shox

    hamma hayotti yorqin tarafiga o’tsin

  3. sanjar

    Ucell – rulit ))) mana ucell mtc dan utib ketadigan kunlar xam bor

  4. Номаълум

    ucell va beeline ofislarda ocheredni kurdizmi,dahshatku )))

  5. keles

    ucell gazni bos )))))))

  6. mulatka

    qiziq xisobdagi pulni olishmaydimi?

  7. Номаълум

    paynet xam yomon biznes olib borishni boshladiyu! 3000 dan kam schetga tashamayapti! bu nimasi???

  8. Номаълум

    qani endi ucell xam uchib qolsa smile odamlar aloqasiz qoilishadiyu

  9. Ucell

    MTS,Beeline uchsa xam Ucell uchmaydi xech qachon! URAAAAAAAAA

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social