Navbatdagi dunyoning eng ingichka noutbuki

Navbatdagi dunyoning eng ingichka noutbuki

Berlinda bo’lib o’tgan IFA 2016 ko’rgazmasida Acer kompaniyasi “Swift” nomli ultrabuklarni taqdim etdi, ular to’rt modeldan iborat: Swift 1, 3, 5 va 7. Ulardan eng ajralib turgani Swift 7, chunki u dunyodagi eng ingichka noutbuk nomiga sazovor bo’ldi. Uning yo’g’onligi 1 sm dan kamroq, aniqrog’ini aytadigan bo’lsak 9.98 mm.

6

Qora va oltinli panellari bilan ingichka alyumin korpus ichida: 13.3-dyumli IPS-displey FullHD-ruhsati bilan (1920×1080 piksel) va Gorilla Glass oyna, yangi processor Intel Core i5 7-avlod, 8 GB operativ xotira va SSD 256/512 GB, HD-kamera, ikkita USB Type-C 3.1 va 3.5-mm naushnik uchun joy mavjud. Ultrabuk ichida ventilyator uchun joy topilmadi, shuning uchun sovitish tizimi juda ojiz. Noutbukning vazni – 1,1 kg.

7

Avtonom vaqtida noutbuk 9 soat ishlashi mumkin va unga Windows 10 operatsion tizim o’rnatiladi. Boshqa Swift 1, 3 va 5 14-dyumli displeyga ega, ular qalinroq va Swift 7 kabi ishlash kuchidan pastroq.

8

Acer Swift 7 sotuvga chiqishi oktyabr oyiga belgilangan, uning narxi $999 AQSH dollardan boshlanadi. Swift 1, 3 va 5 modellari oktyabr-noyabr oylarda chiqishni boshlaydi, ularning narxi $249, $499 va $749 dan boshlanadi.

9

Manba: 24gadget.ru

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social