Nokia 6 yangilangan smartfoni taqdim etildi

Nokia 6 yangilangan smartfoni taqdim etildi

Yangilik birinchi versiyadan yanada kuchli protsessor, maxsus ovoz yozish tizimi va orqa panelda barmoq izlari skaneri bilan farq qiladi.

Bugungi kunda Nokia 6 ikkinchi avlodni tanishtirildi. Qurilmaning umumiy dizayni va joylashuvi bir xil bo’lib qoldi: u 5,5 dyumli FHD displeyga va metal ko’rpusga ega bo’lgan o’rtacha model bo’lib, uning eng katta nisbati 16:9 ni tashkil qiladi.

Asosiy farq ekran pasidagi tugmacha ekranning o’zidagi navigatsiyaga almashtirildi va barmoq izlari skaneri orqa panelga ko’chdi. Bundan tashqari, orqa modulining dizayni o’zgardi va har ikki kameradan ham foydalaniladigan “Bothie” rejim mavjud bo’ldi.

Yangi Nokia 6 smartfoni yanada samarali Qualcomm Snapdragon 630 protsessori bilan ta’minlandi, avvalgi model Snapdragon 430 edi. Boshqa bir farq esa OZO Audio atrof-muhit ovoz yozish texnologiyasidir.

Nokia 6 ning xususiyatlari:

5,5 dyumli FullHD-displey 2,5D shisha Gorilla Glass;

8 yadroli Qualcomm Snapdragon 630 protsessori;

4 Gb operativ va 32/64 GB microSD kartalari;

16 MP da asosiy kamera va 8 MP da old kamera;

OZO Audio ikkita dinamikasi va ovoz yozish texnologiyasi;

3 000 mAch batareya quvvati;

Android 7.1 Nougat (Android 8.0 versiyasiga tez yangilanish va’da qilindi).

32 Gbaytli xotira smartfonining narxi taxminan 230 AQSh dollari, 64 GB esa 245 dollarga tushadi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social