Noutbuk o`rnini bosuvchi yangi Surface Pro 3 plansheti (+video)

Noutbuk o`rnini bosuvchi yangi Surface Pro 3 plansheti (+video)

Microsoft kompaniyasi N`yu-yorkdagi press-konferentsiyada o`zining yangi Windows-planshet — Surface Pro 3 ni taqdim etdi. Planshetning qalinligi 9, 1millimetr bo`lib, bu Surface ikkinchi avloddan (13,5 mm) anchagina kichikroq, lekin iPad Air (7,5 mm) ga qaraganda kattaroqdir.

Yangilik Intel Core protsessorga va 2160×1440 ruhsati bo`lgan tomonlar va nibati 3×2 bo`lgan displeyga ega. Surface Pro 2 bilan taqqoslaganda ekran o`lchami 10,6 dan 12 dyuymgacha o`sdi. Og`irlikda u 100 grammni yuqotdi (800 qarshisida 900), paneldagi bo`lgan dinamiklar esa “40%” quchliroq bo`lgan. “Ushbu planshet sizga noutbuk o`rnini bosishi mumkin”, – Surface rahbari taqdimotda aytib o`tdi.

Apparat 4 avlodli Intel Core chipga ega (unda Core i3, Core i5 va Core i7 variantlari bor), hamda uning xotirasi 64 GB dan boshlab 512 GB gacha va operativ xotirasi 4 dan boshlab 8 GB gachadir. Yana klaviatura, sichqonchani va boshqa periferiya moslamarni ulash uchun USB 3.0 porti ham mavjud, hamda tashqi monitor uchun mini DisplayPort va xotira kartalari uchun microSD sloti bor. Moslamaning zaryadi 9 soatga etishi mumkin.

Umuman olganda, Surface Pro 3 ko`rinishidan oldingi avlodiga o`xshaydi, biroq displey chetlaridan hoshiyalar ancha qisqa bo`ldi. Apparat ichiga o`rnatilgan ko`p funktsiyali podstavkaga ega uning burchak bukilishi 150 gradusgacha va yangi klaviatura Type Cover bor, uning o`lchamlari 68% ga ko`paytirilgan. Hamda planshet stilus-ruchka bilan ishlaydi, hamda muzlatg`ich sitemasiga ega va videoni tashqi 4K-monitorlarga chiqarish mumkin.

Surface Pro 3 planshet sotuvga 21 may kuni chiqadi va uning narxi 799 dollardan boshlanadi. Solishtirish uchun: Surface Pro 2 narxi 899 dollar.

Video:

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. дильшод

    вау бу планштларнинг додасию ))) ростан шундай конфигурациа билан нотбук хам керакмас!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social