Ramkasiz iPad Pro ning yangi avlodi

Ramkasiz iPad Pro ning yangi avlodi

Nyu-Yorkdagi taqdimotda 11 va 12,9 dyumli Liquid Retina ekranli yangi iPad Pro modeli e’lon qilindi. Ularning ikkalasi ham eng minimal ramkaga ega, bu esa oldingilaridan ancha ixcham bo’lishiga imkon berdi.

11 dyumli ekranning o’lchamlari 2388 × 1668 piksel va 12,9 dyumli versiya – 2732 × 2048 pikselni tashkil qiladi. Ikkala holatda ham tasvirni tashqi yoritish moslamasiga moslashtirishga imkon beruvchi TrueTone texnologiyasi mavjud.

Ishlab chiqaruvchi yuzlarni identifikatsiya qilish uchun Face ID tizimini taqdim etish orqali Touch ID’dan qutuldi va moslama endilikda vertikal va gorizontal yo’nalishda ham ishlaydi.

Unumdorlik uchun yangi A12X Bionic Neural Engine tizim protsessori va sakkiz yadroli grafik tizim mas’uldir. Ichki xotira 1 TB ga teng bo’lishi mumkin. Minimal versiyada – 64 GB.

Yangilik yaxshilangan past chastota bilan ishlaydigan to’rtta dinamikaga ega bo’ldi. Asosiy kamera 12 megapiksel va soniyasiga 60 kadr 4K video yozishni qo’llab-quvvatlaydi. Old kamera o’lchamlari – 7 megapiksel.

Planshetlar iPhone ni to’g’ridan-to’g’ri zaryad qilish imkonini beruvchi USB-C portiga ega bo’ldi. Ichki batareyaning hajmi, albatta, aniqlanmagan, ammo ishlab chiqaruvchilar planshetlarning zaryadsiz ishlashi 10 soatgacha yetadi deb tasdiqlashdi.

Planshetga magnit orqali yopishib turadigan va simsiz quvvat oladigan Apple Pencil qalamining ikkinchi avlodi ham namoyish etildi.

Har ikkala qurilma ham kulrang va kumush ranglarda mavjud bo’ladi. 11 dyumli iPad Pro ning narxi 799 dollardan boshlanadi va 12,9 dyumli versiya 999 dollardan boshlanadi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social