Samsung dan yangi Galaxy Alpha (+video)

Samsung dan yangi Galaxy Alpha (+video)

Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi yangi Galaxy Alpha smartfonini taqdim etdi. Ushbu modelda asosiy e`tibor tavsifga emas, balki korpus materialiga va dizaynga qaratilgan. Shuningdek, bu taqdimot o`z raqobatdoshi  iPhone 6 taqdimotidan avvalroq taqdim etildi.

Qolgan tavsifda Samsung Galaxy Alpha rekordli emas – sakkiz yadroli protsessor Exynos 5 (5430) 1,8 GGts, grafik tezlatgich olti yadroli Mali-T628, operativ hotira 2 GB va o`rnatilgan hotira 32GB. microSD joy afsus yo`q va SIM-karta nano-formatga ega bo`lishi shart. Va nihoyat Samsung to`liq LTE kiritgan, endi esa Galaxy Alpha 4G tarmoqda ishlashi mumkin.

Gadjet yupqa bo`lganidan keyin (6,7 mm), bu quvvat to`plagichga (akkumulyator) ham ta`sir qildi 1860 mA*ch. Korpusning kengligi va balandligi katta emas: 65,5 mm va 132,4 mm. Samsung yangi smartfonining vazni 115 gramm – bu esa iPhone 5s ko`ra 3 grammga og`irdir.

Dizaynerlarning maqsadi nafaqat tashqi ko`rinishdan chiroyli va materiallarning ihchamligi emas,  balki iPhone ga loyiq raqib bo`lishi kerak. Shuning uchun ekran diagonali juda ixcham – 4,7 dyuym.

Samsung Galaxy Alpha ning asosiy kamerasi 12 megapiksel` ruhsatiga ega va video 4K formatda olishi mumkin, old kamera esa – 2,1 megapiksel`dir. Operatsion tizimda Android ning ohirgi versiyasi ishlatilgan – 4.4.4 KitKat. Moslama oq, qora-kumush, “oltin” va ko`k ranglarda bo`ladi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social