Samsung ning ovozli yordamchisi butun dunyoda mavjud bo’ldi

Samsung ning ovozli yordamchisi butun dunyoda mavjud bo’ldi

Bixby deb nomlanuvchi Samsung ning yangi ovozli yordamchisi 200 dan ortiq mamlakatda foydalanuvchilarga taqdim etildi. Shunga qaramay, ovozli yordamchi faqat ikki tilni ingliz va koreys tillarini tushunadi.

Kompaniyaning matbuot xizmatida aytilishicha, Bixy Buyuk Britaniya, Avstraliya, Kanada va Janubiy Afrikada ham taqdim etilgan. Dastlab yordamchi faqatgina koreya tilida bo’lgan, ingliz tilida esa shu yilning iyulda Galaxy S8 ning chiqarilishidan bir necha oy o’tib paydo bo’ldi.

2 (1)

Bixby 20 mart kuni namoyish etilgan edi. “Siri” yoki “Cortana” ma’lumot va topshiriqlarni bajaruvchilar katalogi bo’lib, yangi “agent” esa qurilmaning o’zi bilan ishlashni osonlashtiradi.

Misol uchun, galereyadagi rasmni ochsangiz, foydalanuvchi boshqa dasturga o’tishga yoki kontakt ma’lumotlarini kiritmasdan uni Bixby yordamida do’stingizga yuborishi mumkin. Samsungda aytishlaricha, yordamchi kontekstni tushunadi va foydalanuvchining nima qilishni istayotganini taxmin qiladi.

Manba: Hitech

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Mirzabek

    Gap yo’q shunday narsa kerak bo’lyapdi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social