Samsung smartfon foydalanuvchilarga gigabayt tezlikdagi internetni taqdim etadi

Samsung smartfon foydalanuvchilarga gigabayt tezlikdagi internetni taqdim etadi

Janubiy Koreaning yirik mobil operatori “KT Corp” ma`lumotlarni jo`natish tezligi soniyasiga bir gigabayt bo`lgan yangi tarmoqni taqdim etdi. Birinchi o`rinda ushbu xizmat Samsung Galaxy S6 va S6 Edge smartfon foydalanuvchilar uchun mavjud bo`ladi.

Ma`lumotlarga ko`ra, yangi Giga-LTE tarmoqda maksimal tezligi soniyasiga 1,17 Gb bo`ladi va bu esa oddiy LTE tarmoqdan 15 baravar ko`proq deganidir. Masalan, Ultra HD formatidagi 18 Gb fil`mni foydalanuvchi 126 soniya ichida yuklab olishi mumkin. LTE-Advanced tarmog`ida bir gigabaytni yuklash uchun 28-38 soniya ketar edi.

Gigabaytli internet servis boshida koreyalik Samsung smartfonf foydalanuvchilarga ochiq bo`ladi va keyinchalik esa boshqa gadjetlar uchun ham mavjud bo`ladi. KT Corp. vakilining so`zlariga qaraganda, Giga-LTE tarmoqning yaratilishi LTE va Wi-Fi birdan ishlatish yordamida paydo bo`ldi. Yangi tarmoq koreya operatorlarini beshinchi avlod 5G tarmog`iga yaqinlashtirishi kutilmoqda.

Manba: Naked Science

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social